Qishloq maktablaridagi sifatsiz ko`mirlar bo`yicha “Uzbekko`mir“ mas`ullarining javobi

16.06.2021 18:36

Bugun AOKAda “Uzbekko`mir“ AJ faoliyati tahlili, amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida brifing o`tkazildi. 

Unda «Uzbekko`mir» AJ axborot xizmati rahbari Ne`mat Dushaevdan   tabiiy gaz etib bormaydigan hududlardagi ta`lim muassasalari aksar hollarda sifatsiz ko`mir bilan ta`minlanishi,  ba`zi hollarda ko`mirning etib bormasligi bo`yicha savollarimizga javob olishga harakat qildik. 

Nima uchun qishloq maktablariga etkazib berilayotgan ko`mirlarning aksari qumli va sifatsiz?

«Uzbekko`mir» AJ axborot xizmati rahbari Ne`mat Dushaev:

“Sifatliroq etkazib berish uchun uni ko`proq fraksiyasiga bog`liq, 30 mm.gacha ruxsat berilgan. Va u bir necha jarayonlardan o`tadi iste`molchilarga etib borguncha. Masalan, ko`mir konida qazib olingani yig`iladi, vagonlarga ortiladi, saralanadi, ko`mir omboriga borib tushadi, u erdan ortiladi. Qaytib ko`mir omborlariga tushganda maydalanish holatlari bo`ladi.”

Qish oylarida hatto ko`mir etib bormaydigan hududlarda ta`lim muassasalari yopilishini kuzatamiz. Bu holni qanday baholaysiz?

“Agar qaysidir respublikamizning olis hududida tabiiy gaz etib bormagan va ko`mir yoqilg`isidan qishda foydalanadigan bo`lsa, ular buyurtmalar tegishli hududiy  hokimiyatlar, maktabgacha ta`lim muassasalarini boshqaradigan bo`limlari orqali buyurtmalar asosida  ko`mir etkazib beriladi. Albatta, mahalliy hokimliklar, maktabgacha ta`lim muassasalari rahbarlari ko`mirga ehtiyoj sezgan,   qishda ko`mir bilan isitiladigan bolalar muassasalarini o`z vaqtida ko`mir bilan ta`minlashga o`zlarini beminnat yordamlarini ayamasligi kerak. Kerak paytda muammolarni hal qilishda kerakli yordamlar bersa, biz tomondan yuklangan ko`mir o`z vaqtida etib boradi”, – dedi Ne`mat Dushaev

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар