Inson hech narsasiz ham hayotdan mamnun yashashi mumkinmi?
Bir vaqtlari qo`shiqlari bilan odamlar qalbini zabt etgan katta iste`dod sohibi, bugun darveshona kun kechirmoqda.
Bir vaqtlar mashhur bo`lgan qo`shiqchi Akbarali Ochilov bugun ana shunday shunchaki xayotligidan baxtiyor yashayotgan odamlardan.
“Hayot go`zal unda qish, bahor yoz, kuz bor. Odamlar o`zi hayotni murakkablashtirib yuradi”, – deydi Akbarali Ochilov.
Akbarali Ochilov o`tgan asrning 90-yillarida “Kelasanmi”, “Qizg`onaman”, “Xazonrezgi” kabi qo`shiqlari bilan odamlar og`ziga tushgan. Bugun esa u yolg`iz. Oilasidan voz kechgan. Nevaralarini ko`rmagan, ular qanchaligini ham bilmaydi va buning uchun achinmaydi ham.
Biz Akbarali Ochilovni qo`shiqlari, xotiralari bilan yashayotgan oddiygina kulbanoma uyidan topdik.
Yolg`izlik, ichki tug`yon va xotiralar kurashi bilan yashayotgan, darveshlikni tanlagan bir inson bo`lib ko`rindi bizga.
U o`tgan yillarimga achinmayman, deydi. “Hamma bir yo`lga, maqsadga turli yo`llardan boradi. Meni tanlagan yo`lim shu bo`ldi”, deydi katta va tug`ma iste`dod sohibi Akbarali Ochilov.
Akbarali Ochilovni bugun shogirdlari, muxlislari, uni shunchaki tanigan qo`shiq ixlosmandlari yo`qlab turadi. Qo`shiqlari pul topish uchun emas, yurak amri bilan yozilganini aytadi u. Akbarali aka bugun hayotdan hech narsani kutmaydi, birovdan nolimaydi.
U o`zi aytganidek, hayot yo`lidan birovga halaqit bermay o`tib borayotgan bir yo`lovchi xolos.
Quyida qalb odami Akbarali Ochilov haqida videoreportaj: