Rost24.uzga kelgan haqli murojaat
Bir oy oldin ijtimoiy tarmoklarda Toshkent viloyati Toshkent tumani Chuvalachi MFYga qarashli Gulyashnar ko`chasida 19 yoshdagi yigit transformator nosozligi tufayli tok urib o`lganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Endi Gulyashnar ko`chasi boshidagi ahvolga bir nazar tashlang. Transformatordan ko`chalar bo`ylab tok tarqatiladigan stolbalar allaqachon yiqilish kerak edi. Ammo ular ham odamlarga rahmi kelganidan zo`rg`a turibdi.
Tuman elektr tarmog`i xodimlari tejamkorlikning g`aroyib yo`lini o`ylab topishgan. Yuqori kuchlanishdagi (vsokovoltny) tok ariq yoqasidagi tolga bog`langan holda transformatorga ulangan. Tol ostidan har kuni yuzlab odam o`tadi. Tol novdalari esa ko`karib ko`kka bo`y cho`zmoqda.
Barcha hududiy elektr tarmoqlari xodimlarini Toshkent tumani Chuvalachi MFYga taklif kilgan holda antiqa ixtirodan xabardor qilishni taklif qilamiz. Ular ham XXI asrdagi “innovasion” ixtironi o`rganishsin. Faqat o`zlari bilan rezina etik va qo`lqop olishni unutmasinlar. Texnika xavfsizligi deganday...