Bugun O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan "Er resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzusida Ochiq muloqot o`tkazildi.
Unda Adliya vaziriligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi rahbariyati va boshqa mutasaddilar hamda OAV xodimlari, blogerlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda Prezident farmonida erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, er ajratish va undan foydalanishda nazoratni kuchaytirishga oid bir qator yangi tartiblar e`tirof etildi.
Farmon bilan erga bo`lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirilmoqda. Ya`ni, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan er ajratish amaliyoti to`liq tugatilmoqda, bunda xususiy sektor uchun – mulk va ijara huquqini, davlat tashkilotlari uchun – doimiy foydalanish huquqini qoldirish nazarda tutilgan.
Asosiysi, noqishloq erlarni shaffof ajratish maqsadida quyidagi tartiblar belgilandi:
– hokim qarori asosida erlarni to`g`ridan to`g`ri va tekinga berish amaliyotini butunlay bekor qilish;
– O`zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga – xususiy mulk qilib sotish, xususiylashtirish mumkin bo`lmagan erlarni hamda xorijiy shaxslarga – ijara huquqini elektron auksionda sotish;
– ayrim toifadagi shaxslarga (harbiylar, kam ta`minlangan oilalar, turar joyi buzilishga tushganlar) erlarni to`g`ridan to`g`ri va bepul berish o`rniga auksiondan er sotib olish xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etish;
– jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyorida bo`lgan erlarni haq evaziga xususiylashtirish;
– eng yaxshi taklifni tanlash (“swiss challenge”) orqali kamida 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi yirik investisiya loyihasi tashabbuskoriga Hukumat qarori bilan ijaraga er berish (bunda investor loyiha summasining kamida 10 foizini oldindan depozitga qo`yishi lozimligi) nazarda tutilgan.