Karantin davrida shifoxonada ishlagan hamshira vafot etdi. Farzandlar esa bugun ko`chada qoldi

07.12.2020 06:12

Koronavirus ko`pchilikni yaqinlaridan ayirdi. 13 yoshli Abdulloh ham covid-19 sababli onasiz ko`chada qoldi.

Abdullohning onasi Nargiza Mansurova o`pkasining 90 foizi zararlanishidan vafot etdi. U Toshkentdagi 7- shahar klinika shifoxonasi qabul bo`limida katta hamshira sifatida ishlab kelgan. Aprel oylarida kasalxona karantinga yopilganda ham u kasalxonada bo`lgan. Voqealar kasalxonaga koronavirus sababli o`pkasi zararlangan bemor kelgach boshlangan edi. Marhuma Nargiza Mansurova og`ir bemorga hamshiralik qilgan va kasallikni yuqtirib olgan.

Marhumaning hamshira sifatida birga ishlagan qizi Umida onasini kasal holatda ham ishlashda davom etganini aytadi. Nargiza og`irlashgach, farzandlari unga virusolog, pulmonolog mutaxassislarini topib bera olmagan. Bu borada hamshiraning o`zi ishlagan 7-kasalxona ma`muriyati ham yordam ko`rsata olmagan. Nargiza Mansurova uyda davolanib, o`pkasi 90 foiz zararlangach, kasalxonaga etkazilgan va o`sha erda vafot etgan. Marhumaning qizlari onasi ish vaqtida koronavirus alomatlari bilan og`irlashib, vafot etganiga qaramay unga maxsus to`lovlar berilmaganidan norozi bo`lishmoqda. Nargiza Mansurovaning 3 farzandi va ikki nevarasi bor. Uning turmushga chiqmagan bir qizi va voyaga etmagan o`g`il farzandi bugun ko`chada qolgan va ijara uyda yashab kelmoqda. Marhumaning qizi Umida moliyaviy qiyinchilik tufayli Toshkent Arxitektura-qurilish institutidagi o`qishini davom ettira olmayapti.

Bugun hamshiraning farzandlari onasi ish vaqtida kasallik orttirib vafot etganini isbotlab Sog`liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar, Yunusobod tuman hokimiyat eshigiga yugurmoqda.  “Biz yordam uchun pul so`rayotganimiz yo`q. Biz  Prezidentning 4652-sonli qaroriga ko`ra,  bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiy personalga berilishi kerak bo`lgan, qonuniy to`lovni talab qilmoqdamiz. Onamiz ish vaqtida koronavirusni yuqtirib vafot etdi. U og`irlashsada, shifoxonadagi kasallarni tashlab ketishni istamagandi. Butun umrini shu shifoxonaga bergan edi”, deydi marhumaning katta qizi Aziza G`ulomova.

Quyidagi videoda intervyuni to`liq tamosha qilishingiz mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
17
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.12.2020 13:02
Shu õrinda bir savol tugʻiladi yuqoridagi amaldorlar halqimizga dõstmi yoki dushman,bir inson õz soğlini õylamay õzga insonlarning bemorning sogʻligʻi uchun qayğruib tunu kun ishlab kovid virusdan halok bõlsayu davlat tomonidan vada etilgan 4652 qaroriga muvofiq chora tadbirlar kõrilmasa kamiga bir oyla barbod boʻldi kõchada qoldi, xõsh yana õsha savolga qaytaman yuqoridagi amaldorlar halqimizga dõstmi yoki dushman shu tõğrisida yaxshilab õylab kõrish vaqti kelmadimikan õylab kõrila amaldorlar yaxshilab oʻylab koʻringlar.
14.12.2020 10:38
Нега 72ёшигача уйи бўлмаган? Туғилган уйига нима бўлган?