O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vazirliklar soni 24 ta bo`lib, 24 ta binoda ish faoliyati olib borishadi.
Bundan tashqari, vazirlarimizning o`rinbosarlari ham bor. Ularning umumiy soni 109 nafar. Har bir vazirlik alohida bino hamda vazir va vazir o`rinbosarlari hizmat mashinalari bilan ta`minlangan. Eng ko`p 8 nafar o`rinbosarga ega vazir Investisiyalar va tashqi savdo vaziri hisoblanadi. Keyingi o`rinda esa 7 nafar o`rinbosarga ega ichki ishlar vaziridir.
Vazir o`rinbosarlari soni bo`yicha reyting:
1. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi – 8 nafar
2. Ichki ishlar vazirligi – 7 nafar
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi – 6 nafar
4. Sog`liqni saqlash vazirligi – 6 nafar
5. Adliya vazirligi – 5 nafar
6.Mudofaa vazirligi – 6 nafar
7. Moliya vazirligi – 5 nafar
8. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi – 5 nafar
9. Xalq ta`limi vazirligi – 5 nafar
10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 5 nafar
11. Qishloq xo`jaligi vazirligi – 5 nafar
12. Qurilish vazirligi – 5 nafar
13. Tashqi ishlar vazirligi – 4 nafar
14. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi – 4 nafar
15. Suv xo`jaligi vazirligi- 4 nafar
16. Madaniyat vazirligi – 4 nafar
17. Turizm va sport vazirligi – 4 nafar
18. Transport vazirligi – 4 nafar
19. Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi – 4 nafar
20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 3 nafar
21. Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi – 3 nafar
22. Energetika Vazirligi – 2 nafar
23. Maktabgacha ta`lim vazirligi – 3 nafar
24. Innovasion rivojlanish vazirligi – 2 nafar
Bundan tashqari vazirlik moqomiga tenglashtirilgan o`nlab qo`mita va agentliklar ham bor. Turli jabhalarni nazorat qiluvchi inspeksiya va markazlar ham mavjud.
Shuningdek, Oliy sud, Bosh prokratura, Markaziy bank va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati kabi to`g`ridan-to`g`ri Respublikaga hisobdor bo`lgan tashkilotlar, alohida maxsus vakolat va yo`nalishga ega tuzulmalar ham mavjud. Misol uchun, Milliy Gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi kabi davlatga tegishli bo`lgan vazirlik darajasidagi tashkilotlar ham faoliyat yuritmoqda.
Vazirliklardan tashqari turli maqomdagi tashkilotlarning o`zi 60 tadan ortiq. Ularning har birida o`rtacha 3 tadan o`rinbosar bo`lgan taqdirda 200 nafarga yaqinlashmoqda.
Jami hisoblaganda, O`zbekistonda mavjud 24 ta vazirlik va 60 dan oshiq davlat tashkiloti rahbarlari o`rinbosarlarining o`zi 300 nafardan oshmoqda.
Ma`lumot to`plashda vazirliklarning saytlaridan foydalanildi.