Orol bo`yini rivojalantirish uchun 300 million dollar ajratiladi

03.06.2021 14:27

Markaziy Osiyodagi global darajadagi muammo – Orol dengizi qurishining oqibatlari ekanligi hech birimizga sir emas. 

Nafaqat O`zbekistonning, balki butun mintaqaning g`am-tashvishini o`zi uchun begona sanamaydigan Prezidentimiz dunyo hamjamiyati e`tiborini takror va takror ushbu masalaga qaratib kelayotganligi esa global halokatning naqadar dolzarbligini ko`rsatib turibdi. 

Ushbu ekologik muammoni yumshatish maqsadida davlatimiz va halqaro hamjamiyat vakillari tomonidan amaliy ishlar ham olib borilmoqda.

O`EOAVMAda “Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va  texnologiyalar hududiga aylanadi” mavzusida  o`tkazilgan ochiq muloqotda ushbu harakatlarga e`tibor qaratildi. 

Hususan, Prezidentimizning 2017 yil 19 sentyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbus asosida Orol bo`yi hududini rivojalantirish maqsadida Trast jamg`armasi tashkil etildi

Ushbu jamg`armaga 13,8 million dollar jalb etilgan bo`lsa, yaqin ikki yilda yana 300 million dollar jalb etiladi. 

Ushbu mablag`lar hududda ichimlik suvi, aholi salomatligi va bandligini ta`minlash, ekologiya, irrigasiya-meliorasiya tizimlarini yaxshilash loyihalariga yo`naltiriladi.

Yana bir muhum masala Hukumatimiz tomonidan Orol dengizining qurigan tubida 1 mln. 600 ming gektardan ortiq maydonlarda cho`l o`simliklari ekilib, yashil qoplamalar barpo etilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар