Agrobank tashabbusi bilan O`zbekistonda ilk bor fermerlar maktablari ochildi

01.06.2021 16:05

Kecha Poytaxtimizning “Xilton” mehmonxonasida “Agrobank” ATB tashabbusi bilan O`zbekistonda ilk bor tashkil etilgan “Fermerlar maktabi” loyihasining taqdimoti bo`lib o`tdi.

Tabdirda “Agrobank ATB”, O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti rahbar xodimlari hamda qishloq xo`jaligi sohasining mutaxassislari, olimlar, fermerlar, tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Loyiha, mamlakatimizning qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi oliy o`quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari hamda Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Samarqand veterinariya va chorvachilik instituti, bir qator ilmiy tadqiqot institutlari, yirik ishlab chiqaruvchilar, klasterlar, mintaqalardagi ko`p yillik tajribaga ega dehqon va fermerlarni jalb etgan holda yoshlarni 2 oylik kurslarda (qisqa muddatli)  o`qitishni nazarda tutadi.

Fermerlar maktabi Respublikamizning  5 ta hududida, ya`ni Toshkent, Andijon,  Samarqand, Termiz va Nukusda tashkil etilgan. 

6 hafta oliy o`quv yurtlari bazasida nazariy bilimlar beriladi. Ikki hafta amaliy mashg`ulot o`tiladi. Amaliy ko`nikmalar yirik chorvachilik va parrandachilik komplekslari, zamonaviy issiqxonalar, sabzavotchilik va polizchilik xo`jaliklari hamda klasterlarda olib boriladi.

Shu bilan birga darslar jahon standartlariga to`laligicha javob beradigan o`quv auditoriyalarda, qishloq xo`jaligida tajribaga ega o`qituvchilar va ilmiy mutaxassislar, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, biznes yo`nalishlari bo`yicha trener hamda bank mutaxassislari ishtirokida o`tkaziladi.

 Ta`lim olish bilan bog`liq barcha xarajatlar “Agrobank” ATB tomonidan moliyalashtiriladi.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, fermerlar maktabiga qabullar har 2 oyda bo`lib o`tadi va sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilar mazkur maktablarga qabul qilinadi. 

O`qish istagida bo`lgan fuqarolar fermerlar maktabining maxsus telegram boti @fermerlar_maktabi_bot yoki rasmiy sayti https://fermermaktab.uz/ orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар