O`zbekiston sud tizimida “murdalarni so`roq qilgan” sudyalar ham ishlab kelmoqda

01.06.2021 12:06

Xorazmda murdadan «ko`rsatma olgan» sudya J.S hamon sudyalik lavozimida ishlab kelmoqda. U Xorazm viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritadi. 31 may kuni AOKAda Sudyalar oliy kengashi mas`ullari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Rost24.uz axborot sayti muxbiri ayni vaziyatga izoh so`radi.

Sudyalar oliy kengashining sho``ba rahbari Nodira Boboxonovaga ko`ra, qo`pol xatoliklarga yo`l qo`ygan sudyalar qayta lavozimga saylanmasligi kerak. 2018 yilda kun.uz saytida Xorazmda “murdadan ko`rsatma olgan” sud ishi haqida maqola e`lon qilingan edi. Biroq, ma`lum bo`lishicha “murdadan ko`rsatma olgan” sudya Xorazm viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimida ishlamoqda. Anjumanga yig`ilgan Sudyalar oliy kengashi vakillarining e`lon qilingan shov-shuvli maqoladan keyin ham, J.S. bo`yicha xabari yo`qligi ma`lum bo`ldi.

Sudyalar oliy kengashi Sud inspeksiyasi sudyasi Otabek Mirzamahmudovga ko`ra, o`rganilgan hujjatlarga asosan sudyalikka tavsiya qilingan, munosib deb topilgan sudyalar orasida yana 31 nafari yana qisqa davr ichida nomunosib deb topilgan. 

Kengash matbuot kotibi Tursunali Akbarov esa “murdani tiriltirgan sudya” bo`yicha kengash Sud inspeksiyasi tomonidan alohida o`rganish olib borilishi va natijasi bo`yicha Rost24.uz saytiga axborot berilishini ma`lum qildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар