1 iyundan aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor bo`ladi.
Prezidentimizning 2021 yil 23 martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to`siqlarni qisqartirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bilan davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub`ektlaridan quyidagi hujjatlarni talab qilish ta`qiqlanadi:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
- ruhiy kasalliklar bo`yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- narkologiya bo`yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- sudlanganlik;
- manzil-ma`lumot axboroti;
- fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
- turar joyning maydoni;
- soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
- soliq to`lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo`yilganligi;
- pensiya va nafaqa miqdori;
- pensiya va nafaqa oluvchilar ro`yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
b) quyidagi hujjatlarni:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma`lumotnomalari;
- mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo`lmagan hollarda so`rash bundan mustasno);
- ish haqi va ish stajini, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasasida o`qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma`lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo`lmagan hollarda so`rash bundan mustasno);
- kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.