Bu raqam qaysi me`yorlar asosida hisoblab chiqildi?
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasi Jahon banki ko`magida yurtimizdagi 5400 xonadonda maxsus so`rovnoma o`tkazdi. Unga ko`ra, kunlik 2 200 kkal.ga teng qiymatdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar uchun aholi xarajatlari hisoblandi.
Tahlillar bozorlarimizdagi hozirgi narxlarga ko`ra, eng kam xarajatli oilalarning bir oylik minimal sarfi kishi boshiga 440 ming so`m ekanini ko`rsatdi.
Masalan, 5 kishidan iborat oilaning o`rtacha xarajatlari oyiga 2 mln 200 ming so`m bo`lib, bunda kunlik daromad qariyb 84 ming so`mdan to`g`ri kelar ekan.
Etiborlisi, ushbu xarajatlarning 67 foizi yoki qariyb 1mln 474 ming so`mi oziq-ovqat mahsulotlariga, 726 ming so`mi esa boshqa ehtiyojlarga sarflanar ekan.
Ushbu raqam Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o`rinbosari Jamshid Abruev va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan matbuot anjumanida aytildi.