Kiprning Lamanka Interprises Limited kompaniyasi «Ohangaronsement» AJning 84,19 foiz ulushini 557,68 milliard so`mga sotib oldi.
«Ohangaronsement» 2019 yilda 179,8 milliard so`m, 2020 yilning dastlabki 9 oyining o`zida 187,1 milliard so`m sof foyda qilgan.
Yiliga 200 milliard so`m atrofida sof foyda qilayotgan zavod uch yillik sof foydasining narxiga sotib yuborildi.
Ikki yil oldin Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi vaqtida "Evrosement grup" prezidenti Mixail Skoroxod Ohangaronsement uchun 100 million dollar investisiya kiritilgani va korxona tarkibida yangi zavod uchun 200 million dollar sarflanishi aytilgan edi. Mana shu kiritilgan investisiya va Prezidentga berilgan va`dadan kelib chiqib hisoblasak, mavjud zavod moddiy bazasidan tashqari so`nggi ikki yilda sarflangan xarajatning o`zi 3,18 trillion so`mni tashil qilmoqda.
Matematik savol: 3,18 trillion kattami yoki 557,68 milliard kattami?
Ohangaronsementning 4 141 108 ta oddiy va 106ta imtiyozli aksiyasini 557,7 mlrd.so`mga sotib olgan Kiprning Lamanka Enterprises Limited kompaniyasining o`zi sirli va xavotirli ko`rinmoqda. Chunki ochiq ma`lumotlarda kompaniyaning asl benefisiarlarini aniqlashning imkoni yo`q.
Eng qizig`i shuki, roppa-rosa 60 yillik tarixga ega zavodimizni atigi 2 yil oldin Kiprda ro`yxatdan o`tgan Lamanka Interprises Limited kompaniyasi sotib oldi. Menimcha, bu O`zbekistondagi zavod-fabrikalarni yarim narxidan ham arzonga sotib olish uchun ikki yil oldin harakatlar boshlanganidan dalolat emasmi?
Korxonalarimizni arzon-garovga sotib oluvchi Lamanka Enterprises Limited kompaniyasining manzili 1077, Kipr, Nikosiya, Karpenisiu 30 (Karpenisioy, 30, 1077, Leykosia, Kypros) ko`rsatilgan. Ushbu manzilda 101 ta kompaniya ro`yxatda turar ekan. Ammo bu ro`yxat qatoridan Lamanka Enterprises Limited kompaniyasini negadir topa olmadik.