Qo`shiqni xarom deb san`atni tark etayotgan mashhurlarga Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirdi

24.05.2021 17:56

Toshkent “Besh Tashabbus” festivali doirasida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAVning bir qancha savollariga javob berdi.

Jumladan jurnalistlarning “Musiqa xarommi” degan savoliga Vazir Ozodbek Nazarbekov quyidagicha javob berdi.

«Dinni yaxshi bilmasdan turib, dinni yaxshi tushunmasdan turib, jamoat oldiga chiqib, xalq oldiga chiqib, minbardan turib dindan gapirish uchun, kechirasizu meni nazarimda, kamida 25 yillik bilim olgan bo`lish kerak. 25 yillik, kamida, eng kamida...

Etarli darajada bilim olib, undan keyin din nomidan gapirish menimcha sal yarashadi. Lekin o`zi kuni kecha umuman boshqa hayot tarzini boshidan kechirib turgan odam  bir kunda sahnaga chiqib dindan gapirishi g`alatiroq menimcha. Lekin, albatta, har bir insonni e`tiqodiga aralashishga hech kimni haqqi yo`q. Nima bo`lgan taqdirda ham o`zi e`tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish ham sal noto`g`riroq narsa.

Endi bu san`atimizni harom deyish uchun, buni to`g`ri yoki noto`g`ri gap ekanligini ajratib olish uchun juda katta aql shart emas. Sababi, agar shu daraja musiqa yoki san`at dinimizda harom bo`lganida bugungacha etib kelmas edi. Amir Temurni o`zi qirib yuborardi.

Bizda diniy bilim ufurgan bir davrda san`at qolmagan bo`lardi. O`zbekistonniyusan`ati yo`q bo`lib ketgan bo`lardi. Musiqa san`ati mutlaq bugun bizgacha kelmas edi.  Chunki biz yaxshi bilamiz dinni dunyoga o`rgatgan davrimiz bo`lgan, nafaqat bu boshqa yo`nalishlarda ham. Dindan kerak bo`lsa arablarga o`rgatgan davrimiz bo`lgan. Nahot  o`sha paytlarda yashagan san`at, musiqa bugun haromga chiqib qolsa, 4 ta odamni deb. Bu o`sha qaysidir ma`noda dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan.

E`tiqod, iymonda inson bir gavhar topgandek o`zini tutolmay qoladi. Shu paytda sal ustozlar bilan maslahatlashib ish ko`rgan to`g`ri bo`ladi menimcha», deydi vazir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.05.2021 16:09
Ало тўғри айтмоқдасиз.