Qozog`iston Respublikasi Prezidenti K. K.Tokaev O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripovga II darajali «Dostk» ordeni bilan mukofotlash to`g`risidagi farmonni imzoladi.
«Dostk» ordeni («Do`stlik» ordeni) Qozog`iston Respublikasining eng yuqori davlat mukofoti bo`lib, chet el davlatlari fuqarolariga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, xalqlar o`rtasida tinchlik, do`stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun beriladi.
Ayni paytda Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib bormoqda, ularning asosiy platformasi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek sanoat kooperasiyasi va transport sohasidagi o`zaro hamkorlikdir.
Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasi ikki qardosh xalqlar o`rtasida rivojlangan munosabatlarning yuqori darajasiga to`g`ri keladi.
Ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarni har tomonlama mustahkamlash va o`zaro aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripovning yuqori mukofot bilan taqdirlanganligi qo`shni qardosh xalqning O`zbekistonga bo`lgan hurmat belgisidir.
Ushbu mukofot O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 60 yoshga kirishi munosabati bilan e`lon qilindi.
Eslatib o`tamiz, A.Aripov 1961 yil 24 may kuni Toshkent shahrida tug`ilgan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a`zosi A.Aripov 2016 yil 14 dekabrdan boshlab O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Shu vaqtga qadar u «Do`stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan taqdirlangan.