Rost24.uz axborot sayti muxbirining o`qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga ko`tarilishi bo`yicha bergan savoliga Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov shunday javob berdi:
Men ham shuni harakatidaman, nima qilay endi. Bitta narsa, mana shuni so`ragan, harakat qilgan odamni “krayniy” (javobgar) qilish kerak emas.
O`qituvchilarning oyligini oshirish uchun bizning hammamiz baravar ishlashimiz kerak. Uning uchun iqtisodiyotni yaxshi bilish kerak, iqtisodiyot yaxshi bo`lgandan keyin soliq tushumlari yaxshi bo`lishi kerak. Keyin byudjetni tasdiqlayotganda o`qituvchiga yaxshi oylik ajratish kerak.
Hozirning o`zida uzoq hududga borayotganlarimizdan 1000 dollar olayotgani bor, lekin bu juda sanoqli. Haligi, Nuroboddagi bor-ku, o`sha 100 dollardan ko`proq olyapti.
Prezidentimizning qarorlarida 2024 yilgacha vazifa qo`yilgan. 2024 yilgacha albatta, byudjetni tasdiqlash jarayonida kiritib borishimiz kerak.