Bu savolga Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev javob berdi.
21 maydan – 25 mayga qadar davom etadigan "Toshkent 5 tashabbus" harakati bugun boshlandi. Uning ilk tadbirlaridan biri matbuot anjumani bo`ldi. Unda mutasaddilar bir qator savollarga javob berishdi.
Yana bir savol bizni qiziqtiradi. Bizda karantin bekor bo`ldimi yoki unga hamma amal qilishi shart emasmi? Chunki bir yoqda IIV va SSV tomonidan hali jarimalar, hali kasallanganlar borasidagi hisobotlar beriladi.
Bu yoqda esa Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev 100 minggacha odam yig`ilishi mumkin bo`lgan tadbirlar haqida matbuot anjumanida ma`lumot berdi.
Undan bu tadbirlarda karantin qoidalariga amal qilinishi qanday nazorat olinishi haqida so`radik.
Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev bu savolga javob berdi.
Ushbu javobni quyida audio orqali eshitishingiz mumkin.
"Avvalambor, koronavirus ko`rsatkichlari O`zbekiston bo`yicha juda tinch va sokin holatda. Ikkinchi tomonda, yoshlar yig`ilgandan keyin yoshlar orasida tarqalmaslik uchun sanitariya-epidemologik xizmatlarini bu erda ham hamma joyga qo`yganmiz. qo`lini doimiy ravishda chayib turadi, maskasini taqish bo`yicha nazorat o`rnatiladi.
Bunday jipslashishlar ochiq havoda bo`lgandan so`ng bunday kasallikning bir biriga o`tishining oldi olingan bo`ladi.
- Toshkent viloyatida o`tgan festivaldan keyin kasallik ko`paygani haqida gaplar bo`lgandi..
- Bu noto`g`ri. Kasallik ko`paygani haqida ma`lumot yo`q"