Nima uchun 40 yoshdan keyin ozish qiyin kechadi?

04.12.2020 11:51

Yosh kattalashishi bilan semirish va ozishdagi qiyinchiliklar tabiiy xol. Biroq buni oldi olinmasa salomatlikka jiddiy zarar etkazishi mumkin. AQShning Huffington Post nashri 40 yoshdan keyin semirishga turtki beruvchi omillarning ro`yxatini tuzib chiqdi. Ular quyidagilar:

UYQU

30-40 yoshlar atrofida odatda tashvishlar bilan ovora bo`lib yuramiz taassufki uyqu soatini kamaytirishga hayotning o`zi majbur qiladi. Uyqu jarayoni buzilishi garmonlarning o`zgarishiga olib keladi bu esa o`z navbatida organizmda moddalar almashinuvini kamaytiradi va siz semira boshlaysiz.

PESTISIDLAR

Yaxshilab yuvilmagan meva sabzavotlar orqali organizmga pestisidlar tushishi mumkin. Bu esa o`z navbatida semirishga sezilarli ta`sir qiladi. Shuning uchun mevalarni toza xolda va tabiiylarini yeyishga odatlaning.

ELIM IDIShLAR

Oshxonangizdagi idishlar bir qur ko`zdan kechiring. Ulardan qanchasi elim? Agar bilsangiz elim idishlarda saqlangan ovqatlarni eb ham biz organizmimizda yog` yig`ilishiga turtki bergan bo`lamiz.

XARORAT

Issiqlikni xushlaysizmi yoki sovuqni? Bilsangiz bu ham semirishga jiddiy ta`sir qiladi. Xona haroratining pasayishi bilan organizmingiz “yog`lar to`fon”i deb ataluvchi garmonlarni ishlab chiqara boshlaydi. Biroq, xavotirga o`rin yo`q, “yog`lar to`fon”i aslida bizning do`stimiz. U organizmda quvvatni eritish yo`li bilan tana issiqligini saqlab turadi. Ammo, bu garmon do`stimiz yoshimiz kattayishi bilan yo`qolib boradi. Oqibatda semirish uchun yana bir yo`l ochiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар