Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid yoshlarga diskotekaga kelishni tavsiya qildi

21.05.2021 19:30

Diskotekalarni yomonlaganlar endi o`zlari uni tashkil qilishayaptimi?

Bugun Toshkent shahar hokimligi tomonidan yoshlar uchun katta tadbir – Toshkent Besh tashabbus harakatini tashkillashtirdi.

21 maydan – 25 mayga qadar mazkur tadbir doirasida madaniy va intellektual tanlovlar, sport musobaqalari, mediatrening, poytaxtning mashhur odamlari bilan uchrashuvlar kabi tadbirlar bo`lib o`tadi. Tadbir dasturini qarasangiz bir vaqtlar ma`naviyatchilarimiz tomonidan «ma`naviyatsizlik», «xorij sarqiti» deb ta`riflanadigan tadbirlar ham o`rin olgan. Dastur bilan o`zingiz tanishib chiqishingiz mumkin.

Yaqindagina kitobxonlik va ma`naviyat targ`iboti bilan shug`ullanib, ko`cha raqslari va diskotekalarni qoralab yurgan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyiddan diskotekalarga munosabati haqida so`radik. Uning javobini audioda tinglashingiz mumkin.

"Kitobxonlikning alohida o`rni bor. Men o`ylaymanki, yaxshi kitobxon bolalar yaxshi dam olishni ham biladi, yaxshi sport turini ham yaxshi ko`radi.

Biz o`zimiz qishloqda katta bo`lganmiz. Lekin shahar bugungi dunyo. Bir noto`g`ri gap, noto`g`ri narsalar tarqatib yurgandan ko`ra, diskotekaga qatnashib yarim soat dam olgan ma`qul. Yoshlikka xos narsalar bular.

Ayni paytda bugungi zamon yoshlari aqlli yoshlar, mulohazali yoshlar, dunyoni anglagan yoshlar. Men o`ylaymanki, yoshlar yarim soat diskotekadan keyin chala qolgan kitobini o`qishiga ishonaman. Chunki o`zimni ham boshimdan o`tgan.

Mana hozir shahar hokimining juda chiroyli gaplarini eshitdingizki, biz xatolarimizdan xulosa chiqaramiz. Lekin mana bunday anjumanlar yoshlarga katta bir imkoniyat. Faqat o`yinqaroq yoshlar uchun emas, uyida tarbiyasi bor, ustozi bor, maktabga boradigan, bilim oladigan yoshlarga xos bir katta bayramdir bu.

Men o`ylaymanki, ustoz Erkin Vohidovning bir gaplari bo`lardi: Yoshlarni qilayotgan harakatlariga g`ashing kela boshladimi bilingki, siz qaryabsiz. Mana shunday qarimaslikning bir yo`li – yaxshi kitobxonlik, yaxshi bayramlar, yaxshi quvonchlar."

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
24.05.2021 17:19
Э калленга ....
24.05.2021 17:08
.
24.05.2021 03:42
Gapini nuqta verguli yo'q, chalasavod...
22.05.2021 16:51
Ёзувчилар уюшмасини раиси шунақа деб турса, уят
22.05.2021 08:03
Мелатди болаларне мардекор келделаренг ени алкаш наркаман кемокче месан лар уйаленглар пазор пазор пазор