Mas`ullar bilan maslahatlashib o`tkazilgan tadbirda koronavirus yuqmaydimi?

19.05.2021 17:56

O`zbekistonda hamon koronavirusga oid vaziyat jiddiyligicha qolmoqdaki, mas`ul vakillar niqob taqishni va masofa saqlashni uqtirib kelmoqda. 

Biroq shunga qaramay Poytaxtimiz va Chirchiq shahrida ochiq havoda yirik ommaviy tadbirlar o`tkazilgan. Tadbir qatnashchilarining aksariyati niqobsiz bo`lib oraliq masofaga ham amal qilmagan.  

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining maslahatchisi Hayrulla Mustafoev o`tkazilayotgan ushbu ommaviy tadbirlarga munosabat bildirdi:

"Ommaviy tadbirlar o`tkazishdan oldin albatta Vazirlar mahkamasining Maxsus komissiyasi bilan kelishiladi, murojaat qilinadi. Yoki o`sha shahar va tumanda bo`lsa, tuman hokimiyati bilan kelishib oladi. U erda tibbiyot xodimlari, hokimiyat vakillari, yoshlar vakillari ishtirok etadi, birgalikda tadbir belgilanadi. Kasallanishning, zararlanishning oldini olish ham belgilab qo`yilishi kerak. 

Masalan, Chirchiq shahrida o`tkazilgan Yoshlar festivalida shu narsalar e`tiborga olinmagan. Qaysidir mas`ul xodimlar mana shunga e`tibor bermagan. Agar hammasi bamaslahat qilinsa, yoshlarimiz yaxshi dam olishi mumkin, yig`ilishlarda, anjumanlarda o`zini yaxshi his qiladi. 

Bundan keyin konsertlar boshlanadi. Ammo, hammasi o`z qonun-qoidalari bilan bamaslahat qilinishi kerak.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар