Mamlakatimiz transport tizimi mas`ullari OAV oldida hisobot berdi

17.05.2021 15:25

Joriy yilning 17 may kuni poytaxtimizdagi WYNDHAM Tashkent mehmonxonasida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan "O`zbekiston Respublikasining transport infratuzilmasi, islohotlar natijalari va rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari" mavzusida OAV bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Avtomobil yo`llari qo`mitasi, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports”AJ rahbarlari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotda mamlakatimiz transport tizimi va infratuzilmasi bilan bog`liq bo`lgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar tomonidan berilgan savollarga soha mutasaddilari batafsil javob berishdi. 

Xususan, so`nggi vaqtlarda turli internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidan o`tgan A-380 “G`uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo`lining “Qo`ng`irot – Karakalpakiya posyolkasi” oralig`idagi qismining qachon ta`mirlanishi, Rossiya Federasiyasiga tashkil etilayotgan charter qatnovlari chipta narxlarining nima sababdan qimmatligi, qachondan boshlab muntazam avia qatnovlarning soni ko`paytirilishi, poezdlar harakatining qayta tiklanishi, Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan mahalliy va xalqaro yo`nalishlarda chipta narxlari arozonlashuvi, Toshkent metropoliteni vagonlarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish choralari borasida berilgan savollarga aniq javob berildi.

Yuk tashish va yuk aylanmasi bo`yicha asosiy ko`rsatkichlar dinamikasi:

Avtomobil transporti, temir yo`llari, havo yo`llari va elektrotransportda yo`lovchi tashish:

 

2017 yil davomida xalqaro yuk tashuvlari jami 32,2 mln. tonna xalqaro yuk tashilgan bo`lsa, 2020 yilga kelib ushbu ko`rsatkich 47,1 mln. tonnani tashkil etdi, shu jumladan, 2020 yilda xalqaro yuk tashuvlari hajmi 2017 yilga nisbatan 167 foizga o`sgan. Shundan eksport yuklar 4 yil ichida 183 foizga, import yuklar 197 foizga va tranzit yuklar 108 foizga o`sgan. 

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар