«O`zbekiston temir yo`llari» xodimlari: «MAOShLAR KAM, ShAROIT YO`Q, MAXSUS KIYIM PULI O`Z HISOBIMIZDAN»

17.05.2021 16:48

Saytimizda fevral oyida «19 yil Ramatov boshqargan «O`zbekiston temir yo`llari»ning badbo`y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj» nomli material e`lon qilingan edi. Mazkur maqoladan so`ng saytimizga «O`zbekiston temir yo`llari» xodimlarining o`z rahbariyatidan norozi bo`lgan bir qancha murojaatlari kelib tushdi.

Temir yo`lchilar asosan maoshning kamligi, xodimlar pogonli formalarni o`z maoshlariga sotib olishga majbur ekanliklarini bayon qilishgan. Saytimizga xat yo`llagan xodim 18 yildan buyon pogonli formasini o`z hisobidan sotib olishini iddao qiladi.

Shuningdek, «O`zbekiston temir yo`llari» AJning 2021 yil, 23 fevraldagi 61 sonli buyrug`i asosida xodimlarga ovqatlanish uchun to`lanishi kerak bo`lgan ustama narxlar to`lanib berilmayotgani ustidan shikoyat qilgan. Aslida ushbu muammolar kasaba uyushmalari federasiyasi yordami bilan hal etilishi kerak bo`lgan muammolardir. Biroq, bizga murojaat qilgan «O`zbekiston temir yo`llari» xodimlarining aytishicha, kasaba uyushmasidan foyda yo`q.

Rost24.uz sayti xodimlarining ushbu murojaatiga javob olish uchun «O`zbekiston temir yo`llari» AJning marketing va servis xizmatlari bo`yicha direktori Sunnatilla Hamidovga murojaat qildi.

Sunnatilla Hamidovning aytishicha, Toshkent – Qo`ng`irot, Toshkent – Termiz yo`nalishdagi 40 yillik poezdlar yaqin 3 yil ichida almashtiriladi.

Bundan tashqari «O`zbekiston temir yo`llari» aksionerlik jamiyati eski poezdlarning barchasidan voz kechmoqchi emas, ularning ichki ko`rinishini yaxshilab ta`mirlatish rejalashtirilgan.

Temir yo`l xodimlarining kiyimlari muammosiga kelsak, Sunnatilla Hamidovning ta`kidlashicha yo`l kuzatuvchilarning pogonli kiyimlari maxsus kiyim hisoblanmaydi. Shuning uchun ularning puli ham to`lab berilmaydi.

Mehnat kodeksiga ko`ra, ish beruvchi xodimni o`z hisobidan maxsus kiyimlar bilan ta`minlashi shart. Agar Sunnatilla Hamidovning so`zlariga ishonilsa, yo`l kuzatuvchilarning pogonli kiyimlari maxsus kiyimlar sirasiga kirmasa, xodimlar bu kiyimni sotib olishga va uni kiyishga ham majbur emas bo`ladi.

Intervyuning to`liq shaklini quyida ko`rishingiz mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.05.2021 21:39
Вагон кузатувчиларни ойлиги жуда пас талаб катик иложи йоклигидан мажбур ишлашвоти иш йок ойлик бир миллион ишчилар рахбарятан норози рахбарлар кибр га берилган шаройитга келсак умуман йок йоловчи ташиш тизими нотогри ишлиди
18.05.2021 03:07
Aldavotti xammani qulog'iga bir xil lag'mon osvotti