O`zbekiston xalq artisti Bahodir Yo`ldoshev olamdan o`tdi

16.05.2021 02:23

O`zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, teatr rejissyori Bahodir Yo`ldoshev olamdan o`tdi.

Bahodir Yo`ldoshev 1945 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida san`atkorlar oilasida tug`ilgan. U 1970 yilda Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutini tugatgan. 1971 — 1974 yillarda Hamza nomidagi O`zbek akademik drama teatrida rejissyor, 1974 – 1984 yillarda bosh rejissyor bo`lib ishlagan. 

Bahodir Yo`ldoshev 1984 yildan boshlab Abror Hidoyatov nomli O`zbek Davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettirgan. Bu teatrda u "Maysaraning ishi", "Farmonbibi arazladi", "Paranji sirlari", "Qora kamar", "Ziyofat", "Iskandar", "Firidun", "Nodirabegim", "Ipak yo`li" kabi asarlarni sahnalashtirgan. O`zbekning buyuk rejissyori bir nechta xalqaro va O`zbekiston teatr festivallarining mukofotlari bilan taqdirlangan.

Bahodir Yo`ldoshev mustaqillik yillarida "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali, O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi va Navro`z bayramlariga bag`ishlangan tadbirlarning bosh rejissyori sifatida madaniy jarayonda faol ishtirok etib kelgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.05.2021 01:30
Жойлари жаннатдан булсин. Буюк инсонлар юз йилда бир мата тугилади. ОМИН.
16.05.2021 12:24
Жойлари жаннатда булсин
16.05.2021 09:49
Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун. Баҳодир ака нафақат ўзбек, балки жаҳон театр санъатининг буюк, баҳодир намоёндаси эдилар, улуғ кунларда ўтибдилар. Яратган раҳматига олсин.
16.05.2021 09:49
Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун. Баҳодир ака нафақат ўзбек, балки жаҳон театр санъатининг буюк, баҳодир намоёндаси эдилар, улуғ кунларда ўтибдилар. Яратган раҳматига олсин.