Turkiya Sharqiy Quddusga o`z qo`shinlarini kiritishi mumkin. Turkiya parlamentining xalqaro masalalar bo`yicha komissiyasi raisi o`rinbosari Ahmet Berat Chonkar RIA “Novosti” bilan suhbatda shunday dedi.
Ta`kidlanishicha, hozircha turk harbiylarining xalqaro tinchlikparvar kuchlar tarkibiga kirishi rejalashtirilmoqda – buning uchun tegishli tashkilotlar qarori kerak. Shundan so`ng hukumat parlamentning roziligi olishi lozim. “Hozircha parlamentga harbiylarni Sharqiy Quddusga jo`natishga ruxsat berilishi bo`yicha so`rov tushgan. Hukumat bu borada tegishli ishlarni olib boradi”, dedi komissiya raisi o`rinbosari.