Toshkent ko`chalari ta`miriga ajratilgan milliardlar cho`ntakka ketyaptimi yoki...

14.05.2021 19:57

Davlatda korrupsiya bor-yo`qligini, bu illatning darajasi qandayligini shu davlatning o`nqir cho`nqir yo`llariga qarab aniqlash ham mumkin nazarimizda. Toshkentdagi yamoqli va “yama”li ko`chalarga qarab, siz ham bizdagi korrupsiya darajasi haqida o`ylab taxminiy xom cho`t qilsangiz bo`ladi. Bu har holda jinoyat emas. 

Poytaxt ko`chalariga har yili milliardlab mablag` ajratiladi. Bu mablag`lar asfaltlarni bezab turgan chuqurlarga ketadimi yoki allaqanday cho`ntaklargami? Rost24.uz axborot portali Toshkent ko`chalariga ajratilgan bir yillik (2021) mablag`larni atroflicha hisoblab chiqdi.

Bilamizki, ta`mirlanayotgan yo`llar va umuman yo`l qurish uchun ajratilgan mablag`larda har bir soliq to`lovchi va avtomobil haydovchisining hissasi bor. Siz har doim mashinangizga quyayotgan benzinning 20 foiz narxida yo`l uchun ajratilgan mablag` ham yotadi.

Yoki boshqacha qilib aytganda:

Toshkent shahrida 2021 yil ma`lumotiga ko`ra, 417 646 ta avtomobil egalari (faqatgina jismoniy shaxsga tegishli ulov nazarda tutilmoqda) bor. Ular o`rta hisobda bir oyda 500 ming so`mlik benzin sotib olsa, bir oyda 208.823 milliard so`m sarflaydi. Bir yil ichida esa 2,505876 trillion so`m ishlatadi. Bu mablag`ning 20 foizi, ya`ni yo`l fondi uchun ajratilgan qismini olsak 501.175 milliardni tashkil etadi. Bu albatta, qo`pol taxminiy hisob. Bir yil ichida 417 646 ta avtomobil egalari bu summadan ko`proq byudjetga foyda tushirishlari mumkin.

Hujjatlardagi raqamlarga o`tsak, 2021 yilda Toshkent shahridagi markaziy va tumanlarning ichki umumiy 273429.8 kvadrat metr ko`chalarini ta`mirlanishi uchun 366 893 000 000 so`m mablag` ajratilgan. 2021 yil, 9 may sanasiga qadar bu mablag`ning 30 foizi (112 636 151 000 so`m) o`zlashtirilgan. Ya`ni, bu mablag` evaziga Toshkent shahrining 8334 kvadrat kilometr maydoni ta`mirlangan. Qog`ozdagi hisoblarga ko`ra, agar siz Toshkentda yashasangiz qog`ozdagi qayd etilgan 8334 kv. kilometr ta`mirlangan yo`lni sezgan bo`lishingiz mumkin. Yil yakunigacha ta`mirlanishi rejalashtirgan 2 753 429 kv. metr yo`l, albatta, sizni oyoq ostingizdan chiqishi kerak.

2021 yilda Toshkent yo`llarini ta`mirlash ajratilgan mablag`ni Toshkent shahridagi avtomobil egalariga bo`lsak yiliga har bir benzin ishlatuvchi haydovchi egasiga 1 million so`mdan to`g`ri kelmoqda. Ammo, yuqoridagi xom cho`tga ko`ra, haydovchilarning benzin ichida yo`l uchun to`lagan mablag`lari undan ancha ko`p.

“Avtomobil yo`llari to`g`risida”gi Qonunga asosan benzin tarkibidagi soliqlar to`g`ridan-to`g`ri mahalliy byudjetga tushadi. Bu mablag`lar esa qonun asosida, maqsadli ravishda shahar ko`chalari qurilishi va ta`miriga ajratilishi lozim. Toshkentning mahalliy (ichki), markaziy ko`chalarining qanchalar ta`mirga muxtojligini aniqlab, ta`mirlash uchun rejaga kiritish hokimlik va uning qoshidagi obodonlashtirish boshqarmasi zimmasida.
 
Kuzatamiz, 2021 yilda Toshkent yo`llarini ta`mirlash uchun ajratilgan 366 893 000 000 so`m mablag`ga biz bugun nolib yurgan Toshkent avtomobil yo`llarini ta`mirlanishi qanday amalga oshar ekan. Biz yil yakuniga qadar bu yo`llarga baho bera olamiz, degan umiddamiz.

Rost24.uz sayti muxbirlari avtomobil yo`llari muammolarini o`rganishda davom etadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.05.2021 14:12
Шу тушаётган маблагларни кайерга сарф булаётганини текшириш учун халкти ичидан фисса - биллах бир грух тузилсаю шуни ипидан игнасигача хисоб килинса мулк хиёнатчиларини халкти олдида мол мулкини мусодара килиб чора куришни халкни узига берилса. Довлатимиз бу нарсаларга енгил карашяпти негаки карга - каргани кузини чукимеди. Хаммаси бир-бирига боглик.