Rost24.uz axborot sayti "Qirg`izistonlik ayol Tanzila Norboevaga murojaat yo`lladi. NEGA?" nomli murojaat tariqasidagi maqola e`lon qilgan edi.
O`zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva nomiga yo`llangan mazkur murojaatda 30 yildan buyon Andijonda yashab, umr kechirayotgan Shoira Egamova hamon O`zbekiston pasportini ololmayotgani bayon etilgan.
Oldinroq ushbu murojaat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olinganini aytilgan edi.
Kuni kecha esa Shoiraxon Egamova O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganini Oliy Majlis Senatining axborot xizmati e`lon qildi.
Rost24.uz axborot sayti Shoiraxon Egamova O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani bilan tabriklaydi.