Lizingga mashina olish qulaymi yoki xatarlimi? +(video)

12.05.2021 06:26

Dunyoning ko`plab mamlakatlarida avtomashinani kreditga olish eng ma`qul yo`l hisoblanadi. Bizdachi, fuqarolarimiz avtomashinani kreditga yoki naqd pulga olishni afzal biladimi degan so`rovnomaga ko`plab fuqarolarimiz naqd pulga deb javob berishdi. 

Haqiqatdan ham oxirgi vaqtlarda avtolizing firmalari bilan shartnoma tuzib aldanib qolayotganlar haqida ko`p eshitayapmiz.

Baxtiyor Ahmedov 2020 yilning 1 fevralida "Neksiya-3" rusumidagi avtomobilni xarid qilish uchun "Umid avtolizing" firmasi bilan shartnoma qiladi. 80 mln 62 ming so`mga qilingan shartnoma bir muncha vaqt o`tib avtomashinaning narxi oshishi vaji bilan aynan shu avtomashina uchun 106 mln. 420 ming so`mga shartnoma qilinadi. 

Baxtiyor Ahmedov 10 oy davomida mazkur firmaga 122 million so`mga yaqin mablag` to`lagan, ammo firma avtomobilga egalik huquqini bermagan, mazkur reportajda jabrlanuvchi qanday qilib bu muammoga echim topganligi haqida hikoya qilinadi?

Ruxsora G`ofurova,

Sirojiddin Xoshimjonov (video)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар