O`zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi raisi Alisher Maksudovning imzosi bilan 2 dona «Qizil kitob»ga kiritilgan Tyanshan qo`ng`ir ayig`ini otish uchun Rossiya Federasiya fuqarosi Shirokovu E.P ga 2021 yil 3 mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan.
Bu haqida ekolog.uz telegram kanalida xabar berilmoqda.
Mazkur ruxsatnoma 2021 yil 31 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Bo`stonliq tuman inspeksiyasida №4-son bilan ro`yxatga olingan.
Ovchi Rossiya Federasiya fuqarosi Shirokovu E.P. esa Bo`stonliq tumanida 1 dona qo`ng`ir ayiqni otib, u bilan vahshiylarcha suratga tushgan.(Uning yana bitta Tyanshan qo`ng`ir ayig`ini otishga ruxsatnomasi bor).
Eslatib o`tamiz, mazkur ayiqlar atigi 150 dona atrofida qolgandi. Bu ketishda birortasi qolmaydi. Adashmasam, Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarni ov qilish Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.
Endigina uyqudan uyg`ongan ayiqlar bu faslda ancha zaif bo`ladi. Aynan zaifligidan foydalanib ularni o`ldirish o`ta vahshiylikdir.
Davlat ekologiya qo`mitasi raisi Alisher Maksudovning bunday ruxsatnoma berishining o`zi ayanchlidir. U qanday asoslarga ko`ra noyob hayvonot olamimizga vahshiylarcha munosabatda bo`lishga imkon beradigan mazkur ruxsatnomaga imzo chekdi ekan?
Ekologiya qo`mitasining vazifasi HAYVONOT VA O`SIMLIKLAR DUNYoSINI ASRASh EMASMI?", deya kuyunadi jurnalist Nargis Qosimova.
Yana Nargis Qosimovaning qayd etishicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Bo`stonliq tuman inspeksiyasi boshlig`i Urazboev aslida "Paxtasanoat"chi hisoblanadi. Ya`ni jurnalistning ta`kidlashicha Urazboev egallab turgan lavozimi bo`yicha mutaxassis emas.