Bozorlarda bayram qanday nishonlandi?

09.05.2021 10:37

G`alaba nashidasi, qancha yillar o`tmasin uning zavqi qalblarga surur va xursandchilik bag`ishlaydi. 9-may Xotira qadrlash kuni bugun yurtimizning har bir go`shasida munosib qarshi olinmoqda.

Yunusobod tumanidagi "Sampi Bozori" savdo ko`ngilochar markazi (SAMPI bozori) ma`muriyati ham bu kunni o`ziga xos tarzda nishonlashdi. Tashkil etilgan bayram tadbiriga mehnat faxriylari va yoshlar taklif etildi. Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar barchaga zavq-shavq ulashdi. Tashkilotchilar tomonidan urush ortida mehnat qilgan faxriylar e`zozlanib ularga bayram sovg`alari ulashildi. 

Shuningdek, tashkilotchilar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonida bo`lib bayram bilan qutlashdi. Bugun tinch va osoyishta yurtimizda umrguzaronlik qilayotgan hamyurtlarimiz bundan 76 yil oldin urushga ketgan yarim million o`zbekistonliklarning jasoratini hech qachon unutmaydi.

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар