Mamlakatimizning qaysi hududida xususiy korxonalarning ko`p?

03.12.2020 13:24

Joriy yilning 1 noyabr holatiga jami tadbirkorlik sub`ektlari (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) 401 727 ta bo`lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 677 tani tashkil qildi.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko`rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahri – 12 858 ta

Farg`ona viloyati – 10 779 ta

Qashqadaryo viloyati – 9 123 ta

Namangan viloyati – 7 188 ta

Surxondaryo viloyati – 7 018 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 33 837 ta

sanoatda – 16 165 ta

qurilishda – 7 850 ta

yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda – 7 803 ta

qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligida – 6 658 ta

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар