Komil Allamjonov nima uchun “Oltin qalam” va Sherzodxon Qudratxo`ja o`tkazgan tadbirda qatnashmadi

06.05.2021 05:29

Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining yangi binosi ochilish marosimidagi rasmiy va norasmiy mehmonlar qatorida odatdagidek Komil Allamjonov ko`rinish bermadi. 

Bugun, universitetning yangi o`quv binosi hamda multimedia studiyasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniya raisi Alisher Xodjaev, Sevimli TV Bosh muharriri Jaloliddin Safoev va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

Ochilish marosimida deyarli barcha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Jurnalistlar uchun bayramga aylangan marosimda doim o`zini jurnalist va blogerlarga yaqin tutgan shaxslardan Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ko`rinish bermadi. 

Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo`janing aytishicha, u Mass media fondi raisini marosimga taklif qilgan. Biroq, Allamjonov ochilish marosimiga kelmagan.

Komil Allamjonovning rost24.uz saytiga bildirishicha u, ayni damda Nukusda bo`lgani uchun tadbirda qatnasha olmagan.

Allamjonov 3 may kuni o`tkazilgan jurnalistlarning “Oltin qalam” milliy mukofotini topshirish tadbirida ham ko`rinish bermagandi. Fond rahbarining fikriga ko`ra, “Oltin qalam” milliy mukofoti tadbirida nafaqat u boshqalar ham to`liq qatnashmagani, kelganlar ham marosim so`ngigacha o`tirmaganni ham bu tadbir nufuzi tushib ketganiga shama qildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар