Sahrodagi mo``jiza yoxud Buxoro sahrosida joylashgan Qandim gazni qayta ishlash zavodi haqida eshitgan bo`lishingiz mumkin, ammo uni o`z ko`zingiz bilan ko`rish boshqacha.
Buxoro viloyati Qorako`l tumanining cheksiz qumtepalari orasida ulug`vor gigant – yiliga 8,1 milliard kub metr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega QGQIZ – bu umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollari bo`lgan O`zbekiston Respublikasidagi eng yirik LUKOIL loyihasidir. Bunday ulkan loyihani o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan amalga oshirish uchun LUKOIL O`zbekistonda birinchi marta dunyoga taniqli kompaniyalarning innovasion texnologiyalarini qo`lladi.
O`zbekistonda birinchi marta GQIZda 3 ta lisenziyalangan jarayon joriy qilindi. Zavod bu zamonaviy muhandislik va yuqori texnologik infratuzilmaga ega noyob majmua hisoblanib, uning quvvati 4,05 milliard kub metr bo`lgan 2 ta texnologik liniyaga ega gazni qayta ishlash zavodi. Majmuada gaz, barqaror gaz kondensati va oltingugurt ishlab chiqariladi. Tarkibiga zavodgacha inshootlar, tashqi suv ta`minoti tizimi (55 km), elektr podstansiyasi va elektr uzatish tarmoqlari (268 km), gaz yig`ish tizimlari, oltita quduq maydonchasi, 71 quduq, eksport gaz quvuri (70 km), avtomagistrallar kiradi (285 km). Shuningdek, xodimlarning farovon yashashlari va yaxshi dam olishlari uchun barcha sharoitlarga ega 1150 kishilik lager qurilgan.
Majmuaning ishga tushirilishi zamonaviy ilg`or texnologiyalarni qo`llagan holda tabiiy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo`yicha O`zbekiston tomonidan neft va gaz sanoati oldida turgan muammolarni hal qilishga yordam beradi. Qandim ishlay boshlaganidan beri gaz qazib olishning to`plangan hajmi 21,3 milliard kub metrni tashkil etib, 225 (224,521) ming tonnaga yaqin kondensat va 576 (576,344) ming tonna tijoriy oltingugurt ishlab chiqarildi.
QGQIZning ishga tushirilishi mintaqaning infratuzilmasini rivojlantirishga katta turtki berdi va yangi ish o`rinlari yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishda ishlashga yosh kadrlarni jalb qilish imkonini berdi. Bu yil majmua faoliyat kursatayotganiga 3 yil buldi. Shu munosabat bilan an`anaga ko`ra soxaning eng yaxshi mutaxassislari aniqlanib rag`batlantirildi.