Qirg`iz-tojik chegarasidagi ziddiyat: otishmalarda 1 nafar Qirg`iziston fuqarosi halok bo`ldi

29.04.2021 12:42

Xabaringiz bor, bugun, 29 aprel kuni Qirg`iziston-Tojikiston chegarasidagi Ko`ktosh qishlog`ida tojik tarafi stolbaga suv taqsimotini kuzatish uchun kamera o`rnatishi ortidan mahalliy aholi o`rtasida tortishuv kelib chiqqan edi.

Ushbu holat bo`yicha tomonlar nizoda bir-birini ayblamoqda. Qirg`izistondagi uchta qishloq hududida favqulodda rejim joriy qilingan, shuningdek, qirg`izlar Prezident Japarovning shaxsan Tojikiston chegarasiga kelishini talab qilishmoqda.

O`z navbatida, Bishkek markazida miting bo`lib o`tmoqda. Unda yuzga yaqin kishi yig`ilgan. Fuqarolar Bosh vazir Ulukbek Maripov va Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari Qamchibek Tashiev ham Botken viloyati chegarasiga borishlari kerakligi haqida aytishmoqda.

Qamchibek Tashiev kecha Germaniyaga uchib ketgan edi, ammo Botken shahridagi vaziyat tufayli u qaytishga majbur. Xabarlarga ko`ra, Tashiev respublikaga tunga yaqin etib keladi.

Qirg`iziston chegara xizmati xabar berishicha, Qirg`iziston va Tojikiston chegarasidagi harbiy qismlar o`rtasida otishma boshlandi.

Qirg`iziston rahbari Sadir Japarov chegaradagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Kuch ishlatar tuzilmalari va davlat organlari rahbarlarining ma`lumotlarini tingladi. Tashqi ishlar vazirligiga vaziyatni tinch yo`l bilan hal etish bo`yicha ishlarni davom ettirish vazifasi topshirildi.

Tojikiston chegaradagi to`qnashuvlar bo`layotgan hududga qo`shimcha harbiy qismlarni jalb qilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, to`qnashuvlarda qirg`izistonlik 1 kishi halok bo`lgan, 16 kishi jarohat olgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар