Maktab uchun ajratilgan erni Toshkent viloyati hokimligi kimga berdi?

29.04.2021 09:49

Toshkent viloyati Nazarbek qishloq fuqarolari yig`inida joylashgan 5 ta mahallaning salkam 12 ming nafar aholisi uchun shu vaqtgacha na maktab va maktabgacha ta`lim muassasasi qurib berilmagan.
40 yildirki, sobiq ittifoq davrida, “selsovet”da maktab va bog`cha uchun ajratilgan er bo`sh qolayotgan edi. Ammo, shu kunlarda maktab va bog`cha uchun mo`ljallangan erga tadbirkor tomonidan 40 dan ortiq hovlili uy (kotej) qurilayotgani aholiga ma`lum bo`ldi. Tabiiyki, aholi bundan norozi. Toshkent viloyati, Zangiota tumani hokimiyati mutasaddilari nima uchun maktab va bog`cha erlarini “kotej” qurilishi uchun ajratib berdi? 
Nazarbek QFY aholisi farzandlari uchun maktab va maktabgacha ta`lim muassasalari kerak emasmi?

Fuqarolar atrofda maktab yo`qligi sababli bolalar xavfli ko`prik orqali Toshkent shahrida joylashgan, uzoqdagi maktabga qatnayotganini aytmoqda. Imkoniyati bor aholi farzandini mashinada poytaxtdagi maktablarga olib boradi. Nazarbek YPX posti har tong bolalar to`la mashinalar bilan tirband. Aholi maktabsiz qiynalmoqda, qurilishi mo`ljallangan maktab erini esa mutasaddilar tadbirkorlarga berib yuborgan. Tadbirkor 2.4 gektar erga 40 dan ortiq hovli, mahalla idorasi va 100 kishilik maktab va bog`cha qurmoqchi. Ammo, bu aholi ehtiyojini qondirmaydi. Maktabsiz qolayotgann aholi yoniga yana 40 ta kotejda yashovchilar qo`shiladi. Ularni 100 kishilik maktab va bog`chaga sig`ib ketishi dargumon. Voqealar rivoji Rost24.uz muxbiri Ruxsora G`ofurovaning reportajida.
 



 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.04.2021 19:57
Investrri ismini yozmadilaku 😄