«Rossiya savoli» har doim Qozog`iston rahbarlarini xavotirga solgan va millatchilarni tanqid qilgan.
Bayroqlar, qo`shiqlar va qor bilan qoplangan dasht bo`ylab ot chopayotgan o`nlab odamlar: Bu yangi tarixiy sahnasi emas, bu o`zlarining hududiy huquqlarini tasdiqlash uchun etnik qozoqlar tomonidan uyushtirilgan keng qamrovli chaqiriqdir. Shimoliy Qozog`iston viloyati va Petropavlovsk shahri aholisi o`tgan qishda (2020 yil) ruslarga bu erning haqiqiy egalari kimligini ko`rsatish maqsadida jangovarona ko`chmanchi uslubini targ`ib etadigan videolarni tasvirga olgandi.
Ushbu chorlov birinchi bo`lib 2020 yil oxirida bo`lib o`tadigan 16 dekabr Mustaqillik kuni munosabati bilan oddiy vatanparvarlik harakatlarini namoyish etish va Qozog`iston bayrog`iga hurmat ifodasini targ`ib qilish uchun chaqirilgan edi. Qozog`istonliklar uylariga bayroqlar o`rnatib, suratga tushgan. Ammo Rossiyaning yirik partiyasi a`zosi Vyacheslav Nikonov qaqshatqich izoh berganidan so`ng oddiy vatanparvarlik da`vosi yangicha tus oldi.
Nikonovning ta`kidlashicha, Qozog`iston ilgari hech qachon davlat sifatida mavjud bo`lmagan. Bunga qo`shimcha ravishda u “ Qozog`iston hududi Rossiya va Sovet Ittifoqining ajoyib sovg`asi», ekanligini aytadi. Ushbu da`vo Shimoliy Qozog`iston erlarini Rossiya Federasiyasiga qaytarishni talab qilgan imperatorlik o`tmishini qo`msovchi boshqa rus siyosatchilari orasida ham qo`llab-quvvatlandi. Garchi bu uzoq yillik ittifoqchilar o`rtasidagi hududiy yaxlitlikni o`zaro hurmat qilish an`anasini shafqatsizlarcha buzishning bir ko`rinishi bo`lsada, bu ruslarning Qozog`iston chegaralarida birinchi marta qo`zg`alishi emasdi.
Sovet Ittifoqi parchalanayotgan paytda Qozog`iston etnik ozchilikni tashkil etgan. 1989 yil holatiga ko`ra etnik qozoqlar respublika aholisining atigi 39,6 foizini, etnik ruslar esa 37,4 foizini tashkil etgan. Mintaqaning etnik tarkibiga ta`siri XVIII asrda Rossiya imperiyasining Qozog`iston dashtiga kirib borishi bilan ajralib turadi. Bu jarayon 1922 yilda Sovet ittifoqi barpo etilishi, uning Ikkinchi jahon urushi davrida keyingi ko`chirish siyosati va kollektivlashtirishning dahshatli oqibatlari, ya`ni mahalliy qozoq aholisini keskin kamaytirgan ocharchilik bilan davom etdi. Etnik ruslarning ko`chishi ayniqsa Shimoliy Qozog`istonda yaqqol ko`zga tashlandi, u hozirgi kungacha etnik ruslarning katta soniga ega. Bu katta shaharlarda yaqqol ko`rinadi. Masalan, Petropavlovskda etnik ruslar butun aholining 59,28 foizini, Pavlodarda 41,11 foizni, Qo`stanoyda 41,88 foizni va Ko`kshetovda 29,41 foizni tashkil qiladi. Bu qozoqlar va ruslar o`rtasidagi ziddiyatli etnik munosabatlar va etnik rus millatchilari o`rtasida bo`lginchilik kayfiyatlari uchun sharoit yaratmoqda.
Shimoliy Qozog`istonni qo`shib olishga birinchi urinish mustaqillikka erishgandan ko`p o`tmay sodir bo`ldi. 1992 yilda ba`zi siyosiylashgan etnik rus jamoalari ilgari jangari bo`lgan kazaklar bilan birlashdilar, ular Shimoliy Qozog`istondagi erga da`vo qilib, yangi mustaqil Qozog`iston davlatidan ajralib avtonom respublika bo`lishni istab qolishdi. Ushbu urinishdan so`ng Qozog`istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev «birlik» nomi ostida davlat qurish siyosatini puxta ishlab chiqdi. Bu hech bo`lmaganda qisman etnik ruslar hamjamiyatini sodiq va itoatkor saqlashga qaratilgan.
Shunga qaramay, «Rossiya savoli» Oq O`rdani (prezident saroyi, rasmiy ish joyi) doimo tashvishga solmoqda. Darhaqiqat, siyosiy jarayonlar ushbu masala yuzasidan xavotirga sabab bo`lmoqda, masalan, poytaxt Olmaotadan (mamlakat janubi-sharqida joylashgan) Ostona deb nomlanganidan keyin tez orada Oq mo`laga ko`chirilishi va hozirda Nur-Sulton deb nomlangan (mamlakatning shimoliy-markaziy qismida joylashgan). Shimoliy Qozog`iston viloyatining janub tomon kengayib, ko`proq qozoqzabon qishloqlarni qamrab olishi va Qozog`istonda ikki fuqarolikka ega bo`lishni taqiqlash.
2014 yilda, Ukraina va uning atrofidagi ziddiyatlar avj olganidan va Qrimni qo`shib olgandan so`ng, qozoq rasmiylari ayniqsa xavotirga tushishdi va qozoqlarning etnik milliy o`ziga xosligi markazini kuchaytirishga, rus va sovet merosini kamaytirishga qaratilgan bir necha millatparvarlik dasturlarini boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin talabaning Qozog`istonning shimoliy hududlarida sodir bo`lgan «Ukraina ssenariysi»ga oid savoliga bergan javobi Sovet Ittifoqiga qadar «qozoqlarda davlatchilik yo`q edi» deb da`vo qilish edi. Bu vaziyatni yanada yomonlashtirdi.
Ukraina inqirozi boshlanishidan oldin, ko`plab rus siyosiy arboblari va tarixchilari Ukraina hech qachon alohida davlatga ega bo`lmaganligi va hech qachon Rossiyadan ajralib chiqmaganligini ta`kidlab kelishgan. Bunday bayonotlar aholini tayyorlashga xizmat qiladi.
Qozog`istonda Putinning izohi 2014 va 2015 yillar davomida etnik nizolarni keltirib chiqardi. Uchta etnik rus, Qozog`iston fuqarosi millatchilik va separatistik qarashlarni bildirgani va ijtimoiy tarmoqlarda «Rossiyani qaytarib berish» uchun bevosita tashviqot qilgani uchun qamoqqa tashlandi. Ushbu g`oyadan ilhomlanib, separatizmni targ`ib qiluvchi va tashviqot qiluvchi o`nlab yopiq guruhlar paydo bo`ldi. Millatlararo nizolarni qo`zg`atishni jazolaydigan yangi qonunlar, bir necha millatparvarlik dasturlaridan so`ng bosim pasayib ketdi va mavzu yana sekin yopildi.
Ammo «Rossiya savoli» vaqt o`tib yana qo`zg`aldi, lekin Qozog`istonning hududiy yaxlitligiga tahdid soluvchi hududiy da`volar va to`lqinlar yangi kuch bilan urilmoqda. Shimoliy Qozog`iston bilan bog`liq so`nggi izohlar nafaqat Kreml tomonidan qat`iy senzuraga uchragan, balki Rossiya hukumatidagi taniqli shaxslar tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. Ammo bu safar Qozog`iston hukumati javob berish o`rniga, Shimoliy qozoqlarning o`zlarini birlashtirganini va o`zlarini erlarining haqiqiy egalari ekanliklarini da`vo qilish bilan o`zlarining etnik ekanliklarini namoyish qilayotganini ta`kidlagan.
Ular uchun «Rossiya savoli» ayniqsa og`riqli va tanqidiydir. Shimoliy Qozog`iston viloyatida etnik qozoqlar aholining atigi 35,03 foizini, etnik ruslar esa 49,53 foizni tashkil qiladi. Mintaqaning eng katta shahri Petropavlovskda etnik qozoqlar aholining 29,99 foizini tashkil qilsa, ruslarning etnik qismi esa 59,28 foizni tashkil qiladi. Shu nuqtai nazardan, «Russkiy Mir» («Rus dunyosi») ustunlik qiladi. Ko`p jihatdan, mintaqa Nur-Sultondan uzoqroq va Rossiya Federasiyasiga nafaqat so`zma-so`z, balki majoziy ma`noda ham ancha yaqin. Rossiya televideniesi va ommaviy axborot vositalarining ishtiroki juda keng, transchegaraviy madaniy va oilaviy aloqalar chuqur va ko`chib ketish tez-tez uchraydi.
Mintaqada rus madaniyati shu qadar ustun bo`lganligi va mahalliy etnik qozoqlar orasida faol fuqarolik jamiyati harakatlari yo`qligi sababli, jamiyatning munosabati misli ko`rilmagan darajada edi. Ulardan nega bunday keskin bayonot berganlarini so`rashganda, mahalliy aholi «bu o`sha rus deputati tufayli» va «biz o`z erimizni himoya qilishimiz kerak» deb javob berishdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan bu yaxshi belgi bo`lib tuyulishi mumkin. Boshqa tomondan, bunday xilma-xil mintaqada etnik millatchilik va «mulkchilik» (u madaniy, tarixiy yoki qonuniy bo`lsin) bo`yicha qizg`in tortishuvlarning avj olishi mumkin. Bir necha yil oldin Rossiyaning Gruziya va Ukrainaga qarshi xatti-harakatlari paytida bo`lgani kabi, hozirda Rossiyada Qozog`iston ular qatorida ekanligi muhokama qilinadi. Rossiyaning eng sevimli siyosati «bayroq atrofida miting» vaqtini mamlakat ichkarisida qiyinlashtirayotganini hisobga olsak, uning hozirgi Aleksey Navalniy bilan bog`liq notinchligi va jamoatchilikning noroziligi tobora ortib borayotgani, Rossiyaning qay tomonga ketayotganligi haqida savol tug`iladi, bu Qozog`iston bo`lishi mumkin.
Sardor POYoNOV tarjimasi
Manba: The Diplomat