Toshkentda ijara narxlari yana qimmatladi, bunga sabab nima?

07.10.2025 20:39

Joriy yilning sentyabr oyida dollar kursining pasayishi va yangi o`quv yilining boshlanishi Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlariga ta`sir qildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlilida keltirilgan.

Qayd etilishicha, AQSh dollarining so`mga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib kelgan. Buning ortidan dollar hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan ko`tarildi. Shuningdek, yangi o`quv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi bo`yicha kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga ta`sir qilgan bo`lishi mumkin.

O`rtacha ta`mirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan o`rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha ko`tarilgan:

●1 xonali: 16 dollar (318 dollardan 334 dollarga);
●2 xonali: 18 dollar (394 dollardan 412 dollarga);
●3 xonali: 25 dollar (477 dollardan 502 dollarga);
●4 xonali: 19 dollar (537 dollardan 556 dollarga).

Nisbatan arzon ijara narxlari:

–Sergeli tumani (1 xonali – 293 dollar, 2 xonali – 365 dollar, 3 xonali – 412 dollar, 4 xonali – 474 dollar);
–Uchtepa tumani (1 xonali – 316 dollar, 2 xonali – 381 dollar, 3 xonali – 432 dollar, 4 xonali – 400 dollar).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

–Shayxontohur tumani (1 xonali – 354 dollar, 2 xonali – 472 dollar, 3 xonali – 604 dollar, 4 xonali – 617 dollar);
–Yakkasaroy tumani (1 xonali – 402 dollar, 2 xonali – 506 dollar, 3 xonali – 660 dollar, 4 xonali – 800 dollar).

To`liq ta`mirlangan uy-joylar ijarasi

Mazkur davrda to`liq ta`mirlangan xonadonlar uchun o`rtacha ijara narxlari quyidagicha qimmatladi:

●1 xonali: 22 dollar (413 dollardan 435 dollarga);
●2 xonali: 34 dollar (580 dollardan 614 dollarga);
●3 xonali: 50 dollar (824 dollardan 874 dollarga);
●4 xonali: 16 dollar (1185 dollardan 1201 dollarga).

Nisbatan arzon ijara narxlari:

–Sergeli tumani (1 xonali – 318 dollar, 2 xonali – 419 dollar, 3 xonali – 497 dollar, 4 xonali – 588 dollar);
–Uchtepa tumani (1 xonali – 355 dollar, 2 xonali – 464 dollar, 3 xonali – 535 dollar, 4 xonali – 550 dollar).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

–Mirobod tumani (1 xonali – 479 dollar, 2 xonali – 762 dollar, 3 xonali – 1075 dollar, 4 xonali – 1462 dollar);
–Shayxontohur tumani (1 xonali – 535 dollar, 2 xonali – 746 dollar, 3 xonali – 1094 dollar, 4 xonali – 1369 dollar).

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар