O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi «Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonida davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi bo`yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichevning axboroti e`lon qilindi.
Unda qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 199 ta topshiriq ijrosi ta`minlangan. Xususan:
•Farmonlar bilan berilgan 24 ta;
•Qarorlar bilan berilgan 125 ta;
•Farmoyishlar bilan berilgan 5 ta;
•Bayonlar bilan berilgan 45 ta.
Shundan, joriy yilning III choragida 69 ta (farmonlar bilan berilgan 10 ta, qarorlar bilan berilgan 40 ta, bayonlar bilan berilgan 19 ta) topshiriq ijrosi ta`minlangan.
Shuningdek, bank tomonidan 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Hukumat hujjatlari bilan berilgan 27 ta, shundan, joriy yilning III choragida 20 ta topshiriq bajarilgan.
«Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi ijrosi qat`iy nazoratga olingan», deyiladi bank rahbari axboroti so`nggida.