O`zbekiston merganlari xalqaro turnirdan 8 ta medal bilan qaytdi

20.04.2021 07:52

Qozog`istonning Chimkent shahrida o`q otish bo`yicha «Oltin-Mergan» xalqaro turniri yakunlandi.

Olimpiya sport turlari qatorida turuvchi ushbu sport musobaqasi 1986 yildan buyon o`tkazilib kelinmoqda.

Mazkur 34-Xalqaro turnirda turli davlatlardan 140 nafar sportchi jami 25 ta medallar uchun bellashdi.

Turnir natijalariga ko`ra o`q otish bo`yicha O`zbekiston sport terma jamoasi jami 8 ta medalni qo`lga kiritdi.

10 metr masofada pnevmatik miltiqdan o`q uzishda Muxtasar Tohirova oltin, Aleksandra Davydova esa bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Sportchilarimiz 10 metr masofada pnevmatik to`pponchadan otish bo`yicha aralash jamoalar tarkibida to`rtta medalni qo`lga kiritdi.

Sakina Mamedova – oltin medal

Sitora Ergashboeva – kumush medal

Veniamin Nikitin va Herod Azimboeva – bronza

Veniamin Nikitin shaxsiy to`pponchadan 50 metrga o`q otish bo`yicha ham 3-o`rinni egalladi

Musobaqaning so`nggi kunida 25 metrga mashq bajarishda munosib o`q otgan Sakina Mamedova kumush medalni qo`lga kiritdi.

O`zbekiston o`q otish sporti federasiyasi sportchilari O`zbekistonga jami 8 ta medallar shodasi bilan qaytdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар