Otabek Nurmatov AstraZeneca hamda o`zbek-xitoy vaksinasi haqida fikr bildirdi

20.04.2021 16:27

Ko`pchilik aytishi mumkin, «emlashni boshladikku, nega samaradorlik yo`q», deb. Birinchidan, biz kam aholini emladik. Ikkinchidan, bir marotaba emlangandan so`ng to`liq immunitet shakllanmaydi, aksariyat odamlarimiz birinchi emlash kursini oldi.

1 maydan biz ikkinchi emlanganlarni ko`ramiz. AstraZeneca vaksinasida ikkinchi emlangandan so`ng, o`zbek-xitoy vaksinasida uch marotaba emlangandan keyin, yakuniy emlanishdan bir yarim, ikki oy o`tgandan keyin yuqori darajadagi immunitet shakllanganini ko`ramiz.

400 mingdan ortiqroq aholi birinchi emlash kursini olishdi. Shuning uchun emlash tadbirlari hali epidemik jarayonga ta`sir qilib epidemik barqarorlikni ta`minlab beradigan darajadagi kuchga va salobatga ega emas.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.08.2022 00:52
Assalomu alaykum Otabekaka Nurmatov men boshim qotgan masalam bor. Sizga qanday murojat qilay.