Rossiyada "nelegal" ishlayotgan o`zbekistonliklar, sizga yordam kerakmi?

19.04.2021 15:38

Rossiya O`zbekiston va boshqa MDH davlatlaridan 15 iyungacha noqonuniy migrantlarni olib chiqilishi talab qilgan. Rossiyada ayni vaqtda O`zbekistonning 332 mingdan ortiq fuqarosi noqonuniy (nelegal) bo`lib turibdi.
Agar siz yoki yaqinlaringiz turli sabablarga ko`ra, Rossiyada “nelegal” sifatida qolib ketgan bo`lsangiz, 15 iyuniga qadar yashash joyingizdagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali Rossiya Federasiyasi hududidabo`lishingizni qonuniylashtirishngiz mumkin.
Shuningdek, Rossiyani 15 iyungacha tark etsangiz sizga nisbatan migrasiya rejimini buzganlik uchun hech qanday huquqiy chora ko`rilmaydi. Ya`ni, Rossiyaga qayta kirish ta`qiqi ham qo`yilmaydi, “deportasiya” qilinmaysiz. Bu yo`l  bilan O`zbekistonda oz muddat bo`la turib, yana bu gal qonuniy ravishdaRossiyaga mehnat qilish uchun qayta olasiz
Birinchi yo`l: Rossiyada qolib, maqomni qonuniylashtirish.
• 15 iyuniga qadar Rossiyada yashash joyingizdagi tegishli ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali Rossiya Federasiyasi hududida bo`lishingizni qonuniylashtirishngiz mumkin.
• Bunday imkoniyat sizga 2020 yil 18 aprelida Rossiya Federasiyasi Prezidentining “Yangi koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishi xavfi tufaylichet el fuqarolariva fuqaroligibo`lmagan shaxslarning Rossiya Federasiyasida huquqiy maqomini belgilash bo`yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni bilan berilgan. Ushbu farmonda ko`rsatilgan muddat 15 iyunda tugaydi, fursatdan foydalanib qoling.
• Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma`muriy chiqarib yuborish, deportasiya qilish chorlari qo`llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migrasiya bo`limidan qayta ro`yxatdan o`tish imkoniyati beriladi.
• Ushbu masalada sizga O`zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi yordam berishi mumkin. Ushbu telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

http://rost24.uz/storage/79/5c/7a/826/conversions/image-xl.jpg



Hozirgi kunga qadar O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi diplomatik vakolatxonlari hamda Rossiya IIV  hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar O`zbekiston fuqarolarining maqomi qonuniylashtirildi.
• Agarda fursatdan foydalanib, maqomingizni qonuniylashtirib olmasangiz, sizga nisbatan (Rossiyadan deportasiya, qayta kirishga ta`qiq kabi) huquqiy choralar ko`riladi.

Ikkinchi yo`l: Rossiyadan chiqib ketib, qayta kirib borish.
• Rossiyani 15 iyungacha tark etsangiz sizga nisbatan migrasiya rejimini buzganlik uchun hech qanday huquqiy chora ko`rilmaydi. Ya`ni, Rossiyaga qayta kirish ta`qiqi ham qo`yilmaydi, “deportasiya” qilinmaysiz. Bu yo`l bilan O`zbekistonda oz muddat bo`la turib, va yana bu gal qonuniy ravishda Rossiyaga mehnat qilish uchun qayta olasiz.
• Qaytish uchun pulingiz bo`lmasa, sizga respublika byudjetidan 30 kunga qarz beriladi. Tegishli konsullik okrugiga yordam so`rab murojaat qilsangiz oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun respublika byudjetidan qarz beriladi. Beriladigan pul miqdori yashash uchun sutkalik 100 dollargacha, transport xarajatlari uchun 1000 dollargacha. Qarz miqdori arizachining moliyaviy ahvoli va yashayotgan hududidan kelib chiqib belgilanadi. Qarz 30 kunda qaytarilishi kerak.
• Ushbu masalada yordam berish maqsadida O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining qo`yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

http://rost24.uz/storage/d5/54/f7/825/conversions/image-xl.jpg



• Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyada va umuman xorijda ishlash haqida barcha savollarga javob bera oladi.   Agentlik Call-markazi: +998 71 200-00-61.  Telegram kanali: https://t.me/migratsiyaagentligi
• Ishsiz va band bo`lmagan aholini kasb-hunarga o`qitish hududiy markazlari ham yangi ko`nikmalarni olish hamda ishsiz sifatida ro`yhatdan o`tish bo`yicha maslahatlarni berishi mumkin. Bu markazlar barcha viloyatlarda faoliyat yuritadi. Call-markaz: +998 71 200-06-00.

• Quyidagi nodavlat tashkilotlari huquqiy yordam, psixologik yordam, ijtimoiy yordam, ishga joylashtirish, migrasiya bilan bog`liq barcha masalalarda sizga ko`maklashishi mumkin:
NNO “Barqaror hayot” (Surxondaryo) ) +998 76 223-77-21 
NNO “Yuksalish” (Qashqadaryo) ) +998 75 221-33-11
NNO “Mehrimiz sizga” (Andijon) ) +998 74 235-37-78 
NNO “Istiqlol avlodi” (Jizzax) ) +998 72 222-94-01 
NNO “Isenim” (Qoraqalpog`iston) ) +998 61 222-91-98 
NNO “Yurt istiqboli” (Sirdaryo) ) +998 67 225-32-23 
NNO “Avlodlar istiqboli” (Buxoro) ) +998 65 223-27-80 
NNO “Istiqbolli avlod” (Toshkent) ) +998 71 252-1521

Ushbu maqola USAID tashkilotining loyihasi asosidagi CASSS dasturi yordamida yozilgan.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар