Qarovsiz hudud. Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq “Markaziy bino”sining tashqi tomondan ko`rinishi.



Chirmoviq bosgan erlar, to`kilay deyotgan zinalar…





Markaziy binoning tashqi tarafini aylanar ekansiz, avvallari odamlarga qarash va yaqinroq yurish mumkin bo`lmagan bino, bugun xaroba ahvolga aylanayotganiga guvoh bo`lasiz.





Panjaralar ortidan odam qadami bosilmagan sovuq, fayzsiz manzara ko`zga tashlanadi.




Bu erlardan qachonlardir nomini ham birov o`ylashib tilga olgan soxa odamlari zabardast qadam tashlab o`tgan bo`lsa, ne ajab.



Eslatib o`tamiz: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko`chasida joylashgan bosh qarorgohi boshlang`ich 1 so`m narxda ommaviy savdoga qo`yilgan.
Fototasvirlar tahririyat so`roviga binoan tegishli tashkilotlar ruxsati asosida olindi.