Toshkent metrolarida qanday muammolar bor? (video)

17.04.2021 14:51

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda metrolardagi holat ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Xo`sh buning asosiy sababi nimada? Joriy yilning 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda metro vagoni eshigi yopilmay qolgani holati tasvirlangan video tarqaldi. Eshiklar nima uchun yopilmay qolgan edi? 

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida bu savollarga javob berildi.

Matbuot anjumanida Toshkent metropoliteni bilan bog`liq dolzarb savollarga mutasaddilar javob berishdi. Ularning aytishicha, Chilonzor yo`nalishidagi yo`lovchilarning tirbandligi avgust oyida 5 ta qo`shimcha vagon olib kelinishi bilan bartaraf etiladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Toshkent metropoliteni har oy 330 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatadi. Ulardan 10,5 milliard so`m mablag` tushadi. 8,5 milliard so`mi tizimda mehnat qilayotgan 4 mingga yaqin ishchi xodimlarga oylik maosh qilib beriladi. 3 milliard so`m elektr energiya uchun sarflanadi. Shu bois joriy yilda ham Toshkent metropoliteniga davlat byudjetidan 45 milliard so`m mablag` ajratilgan.

Ruxsora G`ofurova,
Sirojiddin Hoshimjonov (video)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар