COVID – 19 davrida og`ir tanazzulga yuz tutayotgan davlatlar

16.04.2021 06:57

2020 yilda butun dunyo iqtisodiy inqirozga uchradi. Pandemiya ba`zi davlatlarning ijtimoiy ahvolini yanada og`ir ahvolga solib qo`ydi.

2021 yilda Favqulodda kuzatuvchilar taxminlariga ko`ra, quyidagi davlatlar og`ir ijtimoiy, iqtisodiy inqirozga uchrashi mumkin.

Eng kuchli inqirozga uchrayotgan o`ntalik ro`yxati quyidagicha:

10. Mozambik janubiy – sharqiy Afrikaning sohilidagi davlat 31,3 million aholining 1,3 millioni yordamga muhtoj insonlardan iborat.

Ichki nizolar, Shimoliy Kabo – Delgado viloyatida shiddat bilan avj olayotgan mojaro oqibatida so`nggi yilda ehtiyojmandlar soni ikki baravarga oshgan. Buning ortidan Mozambik eng xavfli mamlakatlarning o`ntaligiga kirdi.

Iqlim o`zgarishi, mojaro va ayniqsa COVID – 19 tirikchilikka zarar etkazishda davom etar ekan 2021 yilda ochlik darajasining ko`tarilish xavfi yanada oshmoqda.

9. Venesuela janubiy Amerikaning shimolidagi davlat. 28,7 million aholining 7 millioni yordamga muhtoj odamlardir. Venesuelada neft sanoatining qulashi barcha sohalar singari sog`liqni saqlash tizimini izdan chiqargan. Shuningdek, COVID – 19 ko`p yillik iqtisodiy inqirozni birlashtirdi. Karantin cheklovlari venesuelaliklarning tirikchilik qilishini qiyinlashtirdi, xavfsizlik va xizmatlarga murojaat etish uchun mamlakatni tark etolmaydigan holga solib qo`ydi. Pandemiya iqtisodiy va ochlik inqirozini kuchaytirmoqda.

Mamlakat onalar va bolalar sog`ligini saqlash, aholini oziq – ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

8. Nigeriya G`arbiy Afrikada Gvineya qo`ltig`i sohilida joylashgan davlat. 206,1 million aholining 8,9 millionini yordamga muhtojlar tashkil etadi.

Nigeriyaning shimoli – sharqida zo`ravonlik o`sib bormoqda, bu esa ijtimoiy ehtiyojlarni keltirib chiqarmoqda, tabiiyki, bunday jarayonda gumanitar yordam harakatlari ham qisqaradi. Undan tashqari COVID - 19 xavfi Nigeriyada ocharchilik xavfini kuchaytirmoqda.

7. Janubiy Sudan sharqiy Afrikadagi mamlakat. 11,2 million aholining 7,5 millionini yordamga muhtoj insonlardan iborat.

Mamlakatda ichki nizolar kuchayishi oqibatida oddiy fuqarolar qiynalishmoqda. Doimiy mojaro, qishloq xo`jaligiga ziyon etkazayotgan cho`l chigirtkalar to`dalari, iqtisodiy inqiroz, suv toshqinlari va COVID-19 2021 yildagi ocharchilik xavfini yanada oshirmoqda.

Mamlakatda tibbiyot xodimlarini o`qitish, sanitariya xizmatlari, bolalarni himoya qilish xizmatlari, inson huquqlarini himoya qilish sohalari inqirozga yuz tutib bormoqda.

6. Burkina-Faso g`arbiy Afrikadagi davlat. 20,9 million aholining 3,5 millioni yordamga muhtoj.

Borgan sari aholining ko`p qismi mamlakatni tark etmoqda. Hozirgi vaqtda Burkina – Fasodan 1 milliondan ortiq odam ko`chib chiqqan bo`lib, 2020 yilga nisbatan ikki baravar ko`pdir. Borayotgan mojaro insonparvarlik ehtiyojining keskin o`sishiga va COVID-19 inqirozining iqtisodiy ta`siri bilan ochlik xavfiga olib keladi.

5. Efiopiya shimoliy – sharqiy Afrikadagi davlat. 115 million aholisining 21,3 millionini ehtiyojmandlar tashkil etadi. Ob-havoning o`zgarishi, chigirtka epidemiyasi va koronavirus pandemiyasi muhtojlar sonining ko`pligi bo`yicha dunyoda ikkinchi pog`onaga ko`tarildi. Natijada 2021 yilda Efiopiya muhtojlarning umumiy soni bo`yicha Yamandan keyin ikkinchi o`ringa chiqib olmoqda.

4. Kongo Demokratik Respublikasi Markaziy Afrikada joylashgan davlat. 89,6 million aholiga ega bo`lib, 19,6 million kishi yordamga muhtojlar qatorida.

Hech bir mamlakatda bo`lmagan ochlik holati KDRda kuzatilmoqda. Uch yildan buyon favqulodda kuzatuv ro`yxatining beshtaligiga kirgan. Shuningdek, KDR COVID – 19 bilan birga Ebola kasalligiga qarshi kurashishga majbur.

Kongo sharqidagi mahalliy qurolli guruhlar, tabiiy resurslarni nazorat qilish uchun kurash olib borishi oddiy aholiga eng katta xavf tug`dirmoqda.

3. Suriya janubiy – g`arbiy Osiyodagi davlat. 17,5 million aholining 13 millioni yordamga muhtoj. COVID – 19 o`n yil oldin boshlangan mojarolar qatori mamlakatga katta ziyon etkazdi. Tinimsiz qurolli janglar oqibatida sog`liqni saqlash tizimi yo`q bo`ldi. Bu pandemiya davrida vaziyatni yanada og`irlashtirdi.

2. Afg`oniston janubi-g`arbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik o`rniga binoan Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. 38,9 million aholisining 18,4 millioni yordamga muhtojlar.

Afg`oniston ziddiyatlar, COVID – 19 va iqlim o`zgarishi tahlikalariga yuqori ta`sir ko`rsatishi, shuningdek hukumat va Tolibon o`rtasida to`xtab qolgan tinchlik jarayoni borasidagi noaniqlik tufayli Favqulodda vaziyatlarni kuzatuvchilar ro`yxatining ikkinchi qatoridan joy olgan.

Qirq yillik inqirozlardan so`ng ham, pandemiya va to`xtovsiz zo`ravonlik sharoitida Afg`onistondagi insonparvarlik ehtiyojlari tez sur`atlarda o`sib bormoqda, 2021 yilga yordamga muhtoj odamlar soni 2020 yil boshiga nisbatan qariyb ikki baravar ko`paydi.

1. Yaman Arabiston yarim orolning janubiy qismidagi davlat. 29,8 million aholining 24,3 millioni yordamga muhtoj insonlar. Yaman uch yildan beri Favqulodda vaziyatlarni kuzatuvchilar ro`yxatida birinchi o`rinda turibdi. Yamanliklar COVID – 19dan ko`ra ocharchilikdan ko`proq qo`rqishini aytishadi.

To`xtab qolgan tinchlik sa`y-harakatlari va neft konlarini boshqarish uchun raqobat Yamanni mojaroni avj olish xavfi ostiga qo`ydi. 2015 yildan buyon havo hujumlarida o`limning 40 foizi aholi yashash joylarida sodir bo`lgan.

Sardor POYoNOV tayyorladi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар