“LGBTlarni yurtdan haydash kerak, degan millatchi bilan qo`l berib ko`rishmayman” A.Qodirov va Makarenko majorosi davom etmoqda

15.04.2021 18:33

O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi bu haqida batafsil fikr bildirdi:

"…Ishdan qaytib ijtimoiy tarmoqqa bir qarasam, to`palon. Nikita Makarenko ultimatomlar qo`yib tashlabdi... 

Avvalambor zavod rahbariyatiga tashakkur, tadbirga bugunning faol blogerlarini ham taklif qilishgan ekan. Yoqimli tasodif va muloqotdan ajoyib taasurot oldim. O`zimizni jaydari, to`pori, joni bor qorako`zlarimiz. Ko`pi bilan birinchi marta uchrashdim, hurmatim oshdi. Ular juda ko`p holatda meni tanqid qilishadi, rahmat aytdim. Axir pirovard maqsadimiz bir emasmi? Hammamiz bir-birimizni maqtab yuraversak maqsadga etolmaymizku?

Makarenko masalasiga kelsak... 

U bilan ham birinchi marta uchrashdik. Bir-birimizni bilmaymiz. Muloqot uchun imkoniyat edi. Muloqotdan avval o`zbeklarda salomlashiladi, salom berdim, qo`l uzatdim. 

LGBTlarni yurtdan haydash kerak, degan millatchi bilan qo`l berib ko`rishmayman” dedi. 

“Sen meni millatchi deb o`ylaysanmi?” dedim.

“Aqlsiz millatchi deb o`ylayman” dedi.

“G`arazing bilan yasha” dedim va undan uzoqlashdim. 

Suhbat tugadi. 
Qo`limni havoda qolganidan afsusda emasman. Siyosatchi undan nafrat qiladigan 10 foizgacha saylovchilar bo`lishiga ko`nikishi kerak. Bunday insonlar bilan uchrashganda Konfusiyni gapini eslayman: “Botqoqdan kechib o`tib bo`lmaganidek ayrim insonlarga gap tushuntirib bo`lmaydi, har ikki holatda aylanib o`tish kerak”...

Partiyaning matbuot xizmati xodimi jarayondan uzilib qolgandi, menimcha, til bilan bog`liq munosabatim yuzasidan tortishuv bo`ldi deb xulosa qilibdi, unday emas. Lekin munosabatim uning ohangiga jiddiy ta`sir o`tkazganini anglash qiyin emasdi.

Har qanday inqirozning echimi muloqot deb bilaman. 
Muloqotdan qo`rqadigan bu bloger gina-kudrat va kinga to`la kal xulosalari bilan jamiyatga to`g`ri fikrni berishga da`vo qilishi mumkinmi? Menimcha u hech qachon xolis bo`lolmaydi. 

Odamlar to`g`ri savol berayapdi, kim o`zi aslida millatchi? 

Bag`rikeng o`zbek xalqini ishonchini suistemol qilish kerakmas! Biz biron vatandoshimizni millati va e`tiqodi uchun kamsitishga haqqimiz yo`q deb Konstitusiyamizda yozib qo`ydik va mamnuniyat bilan amal qilayapmiz. 

Bu xalqning odatlari va qadriyatlarini mensimasdan LGBTga erkinlik ber deyish uyimizda betimizga tupurish emasmi? Qolaversa, bundaylarni vatandoshlikdan mahrum qilish ular uchun yaxshiku? O`ziga o`xshaganlar bilan yashayversin, bizdan uzoqda. O`zbek xalqi ming yilda ham bunday jirkanchlikni huquq deb qabul qilmaydi! 

Nikita Makarenko, eshitib ol, men o`zbekligimdan g`ururlanaman, millatimni yaxshi ko`raman. Boshqa millatli barcha vatandoshlarim boshimiz ustida tojdir. Biz insonni Allohning qudrati bilan yaratilgani uchun hurmat qilamiz, asraymiz. Ota-bobolarimiz shunday tarbiya berishgan. Yaxshilik qilmoqchi bo`lsak millat yoki dinini surishtirmaymiz. Bu “Milliy tiklanish” partiyasining barcha maqsadlariga singgan. Qo`l uzatsak ham samimiy muloqot uchun, avval sog`lik tilab qo`l uzatamiz. 

O`zbekistonda fitna uchun LGBTni ko`tarding, o`xshamadi, endi millatchilikni ko`tarmoqchimisan? Bilib qo`y, "Milliy tiklanish" partiyasi insonparvarlarning partiyasi. Hatto g`alamislarga ham qo`l uzataoladigan darajada kuchli partiya. 

O`zbek eli esa buyuk va bag`rikeng el. Ota-bobongni ham avaylab asragan, sendek hasta evaralarini ham asrab yuraveradi, kerak bo`lsa davolatadi ham. Izzatingni bilib yursang bo`ldi".

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.04.2021 11:18
Баракалла Алишер!
16.04.2021 05:14
видео си кани?
16.04.2021 00:50
яшанг ота ўғил! бўларкану сиёсатчиларимиз хам путлерни итларига "ответ" беришса.