O`zbekistonda eng yirik loyihalardan biri bo`lgan alyuminiy idish ishlab chiqarish zavodining qurilishi boshlandi

01.12.2020 14:36

«Trade King» O`zbekiston kompaniyasi keng turdagi ichimliklar uchun alyuminiy idishlar ishlab chiqarishga mo`ljallangan Markaziy Osiyodagi eng yirik qurilishlardan birini boshladi. Mazkur zavodda gazli va yaxna ichimliklar, kofe va boshqa turdagi turli mahsulotlar uchun mo`ljallangan alyuminiy idishlar tayyorlanadi.

 

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 milliard dona.

«KAN manufacturer Uzbekistan» nomi ostida faoliyat yuritadigan ushbu keng qamrovli loyiha nafaqat mahalliy bozorni, balki Markaziy Osiyoga davlatlariga ham mahsulot etkazib berish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Toshkent shahrining Bektemir tumanida qad qo`taradigan ushbu zavodning investisiya qiymati 50 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, mazkur zamonaviy korxonada 240 nafar odam ish bilan ta`minlanadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар