So`nggi uch oy ichida xalq eng ko`p norozi bo`lgan sohalar ro`yxati e`lon qilindi

14.04.2021 11:17

Ommaviy axborot vositalarida odamlarning gaz, elektr, suv ta`minoti bo`yicha norozi ekanligi haqidagi materiallar ko`payib bormoqda. 

Ba`zi internet nashrlari gaz ta`minoti masalasini ko`p ko`targanligi sababli Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligi tomonidan “dakki” ham eshitdi va noxolislikda ayblandi. Ammo, buni qarangki, iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi o`tkazgan so`rovnomada ham gaz, elektr va suv ta`minoti aholi norozi bo`lgan sohalar qatorida kelmoqda.

Federasiya so`rovnomasiga ko`ra iste`molchilarning huquqlari quyidagi sohalarda ko`proq buzilgan:

Savdo sohasi – 1109 ta murojaat (38,4%) 

Gaz ta`minoti – 357 ta (12,4%) 

Elektr ta`minoti – 338 ta (11,7%) 

Suv ta`minoti – 145 ta (5%) 

Kommunal xizmat – 109 ta (3,8%) 

Sog`liqni saqlash – 31 ta (1,1%) 

Xizmat ko`rsatish (servis) – 247 ta (8,5%) 

Transport sohasi – 113 ta (3,9%) 

Aloqa (va internet) sohasi – 117 ta (4%) 

Boshqa sohalar – 323 ta (11,2%) 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар