Mashhur tadbirkor boyligi 50 million dollar atrofida ekanini ma`lum qildi.
Odatda O`zbekistonda boylar o`z mablag`i miqdorini oshkor qilishdan cho`chishadi. Ammo yurtimizda ko`p qavatli uylar kompleksini qurib kelayotgan “Murad biuldings” kompaniyasi egasi Murod Nazarov AlterEgo loyihasiga bergan intervyusida boyligi qariyb 50 million dollar atrofida ekanini ma`lum qildi.
Avvalroq OAVda Murod Nazarov “Murad biuldings” kompaniyasini O`zbekiston birinchi prezidentining sobiq yordamchisi Ulug`bek Mirzamuhamedov bilan hamkorlikda boshlagani haqida ma`lumotlar tarqalgan edi. Ammo mashhur o`zbek ishbilarmoni hukumatga yaqin, amaldor hamkori borligi haqida hech qachon tan olmagan. Nazarov odatda biznesdagi katta yutuqlariga o`z tirishqoqligi bilan, “krsha”siz erishganini aytib keladi…
Qiziq, tadbirkorning bugungi boyliklari miqdori haqida bergan ma`lumoti rostmi?