Antikorrupsiya agentligi qurilish vazirining qarindoshlariga aloqador kompaniyaga ko`z yumadimi?

13.04.2021 07:17

Bugun, Korrupsiyaga kurash agentligi qurilish vazirining qarindoshlariga aloqador kompaniyani o`rganishni boshlaganini rost24.uz muxbiriga ma`lum qildi.

Kechagina ommaviy axborot vositalarida qurilish vazirining qarindoshlariga aloqador kompaniya 431 mlrd. so`mlik davlat buyurtmasini olgani haqidagi ma`lumot tarqaldi. Unga ko`ra, “Trest-12» kompaniyasi Mustaqillik maydonidagi 431,5 mlrd. so`mlik loyiha pudratchisi sifatida tanlandi. Kompaniya ta`sischilari orasida qurilish vaziri Botir Zokirovning o`g`li va rafiqasi ham bor. Gazeta.uz ga ko`ra, vazirlikdagi qarindosh-urug`chilik holati birinchi marta emas.  

Vazirga aloqador firma 10 yil ichida 800 mln. dollardan ortiq qiymatdagi qurilish-ta`mirlash ishlarini bajargan. Ular orasida yirik davlat buyurtmalari ham talaygina: Vazirlar Mahkamasi, Senat, Moliya vazirligi binolari, «Bunyodkor» stadioni va Islom sivilizasiyasi markazi shular jumlasidan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.04.2021 22:12
Nahotki butun boshli tizim bir blogger statistikaning rasmiy saytidagi ma'lumotni aytmaguncha bilmagan bo'lsa
13.04.2021 15:28
Албатта кўз юмади