Kasalxonalarda koronavirusga chalingan bolalar ko`paymoqda (video)

09.04.2021 10:23

COVID kasalligiga chalingan bolalar soni keskin ko`paymoqda, hatto ular orasida o`lim holati ham qayd etilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra 4 ming o`ringa mo`ljallangan Zangiota maxsus shifoxonasida shu vaqtgacha 37 mingga yaqin bemorlar davolanib sog`aygan.

Ayni kunlarda ham shifoxona 35 foiz quvvatda faoliyat ko`rsatmoqda. 2020 yilning dekabr oyida bu erda 50 o`rinli bolalar bo`limi ham tashkil etilgan edi. Hozirda u 100 o`ringa kengaytirilgan. Oxirgi vaqtda bolalar orasida koronavirusga chalinganlar ko`payishi kuzatilmoqda.

Mazkur ixtisoslashgan shifoxonada 2020 yilning dekabr oyida 38 nafar, 2021 yilning yanvar oyida 82 nafar, fevral oyida 94 nafar va mart oyida esa 165 nafar, jami 465 bolalar davolangan.

Bolalar bo`limi direktor o`rinbosari Hilola ALIMOVA:

“Bu degani, bolalar orasida COVID kasalligi ko`paydi deb aytsa bo`ladi. Bundan tashqari bolalarda pnevmaniya holatlari ham kuzatilmoqda. Ayni kunda bo`limimizda 27 nafar bolaning 13 nafardan pnevmaniyaga davolanmoqda”.

Shifokorlarning aytishicha, koronavirusga chalingan bolalarda kasallikning quyidagi ko`rinishlari ko`p uchramoqda:

— Bo`limimiz ochilganida boshidagi klinik simptomlaridan quruq yo`tal va tana haroratining ko`tarilishi bo`lgan, – dedi pediatr Hilola MARDONOVA. – Oxirgi bir oy ichida esa bolalar ich ketishi bilan kelishmoqda. Ya`ni bolalarda holsizlik va tana haroratining ko`tarilish kuzatilmoqda.

Ayni kunlarda davolanuvchilarning asosiy qismi 5 yoshgacha bo`lgan bolalardir. Shuningdek, maktab o`quvchilari ham bor. Ushbu kasallikka uchragan bolalar ayni paytda qanday davolanmoqda?

Bolalar bo`limi direktor o`rinbosari Hilola ALIMOVA:

“Bolalar oldingi uslubda ya`ni ancha engil muolajada davolanishmoqda, bakteriya bo`lsa, antibiotiklar qo`shiladi.”

Bolalar bo`limining jonlantirish bo`limida bemorlar yo`q. Kasallikka chalinganlar sog`aymoqda. Shu vaqtgacha Zangiota maxsus shifoxonasida bir nafar o`lim holati bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Zangiota 1-shifoxonasida 860 nafar 2-shifoxonada 632 bemor davolanmoqda, ammo shifokorlarning aytishicha, pnevmaniyani o`tkazib yuborgan holda kelayotganlar ko`p uchraydi.

 

Ruxsora G`ofurova,
Sirojiddin Hoshimjonov (video)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар