Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 6000 bosh qo`y haydab kelingani haqida videolavha tarqaldi.
Ma`lum bo`lishicha, Respublika Pillachilik va qorako`lchilikni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan “Samarqand qorako`l klaster” MChJ korxonasiga 151 ming gektar hamda “SP LUXE” MChJ qo`shma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov er maydonlari ajratilgan.
Klaster “SP LUXE” MChJ va Qorako`lcha massivida faoliyat ko`rsatayotgan “Soxibkor Xojiakbar” fermer xo`jaligi o`rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov er maydonini ijaraga olish bo`yicha shartnoma tuzilgan bo`lib, shartnomada 1450 bosh mayda shoxli mollarni boqish ko`rsatilgan bo`lsa-da, ushbu er maydonida fermer xo`jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilganligi Qilichli mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo`lgan va klasterning 1450 bosh qo`ylari mahalliy aholi tomonidan 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00larda tuman markaziga haydab kelingan.
Shundan so`ng, tuman hokimi, tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i boshchiligida “SP LUXE” MChJ qo`shma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yig`ilish o`tkazilib, “SP LUXE” MChJ rahbari va “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo`jaligi o`rtasida tuzilgan shartnomaning bekor qilinishi mutassaddilar nazoratiga olindi.
Birinchi navbatda, qishloq aholisi chorva mollari uchun yaylov ajratilishi bo`yicha ham kelishuvga erishilgan.