2020 yilda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan:
4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Ulardan 2 tasi O`zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
67 ta ekstremistik va terroristik tashkilotlarning yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo`yildi.
98 nafar ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan O`zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi.
747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4.781 dona o`q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olindi.
540 dan ortiq korrupsiya bilan bog`liq holatlarga chek qo`yildi.
557 mlrd. so`m bo`lgan byudjet va kredit mablag`larining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bog`liq holatlar aniqlanib, davlat foydasiga undirildi.
102 ta noqonuniy migrasiya va odam savdosiga aloqador jinoiy guruh fosh etildi.
58,3 mlrd. so`mlik chegaradan noqonuniy olib o`tilgan tovar-moddiy boyliklar qo`lga olindi.
122 nafar Suriya va Afg`oniston davlatlarida og`ir sharoitda qolgan ayollar va bolalar “Mehr 3” va “Mehr 4” gumanitar operasiyalari doirasida O`zbekistonga olib kelindi.
Bugun, 5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni!